22:35 / 22.03.2017
17 787

Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari

Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari
Ba’zan sochlaringizni o‘zingiz xohlagandek kesishmaydi va natijada sartaroshdan hafsalangiz pir bo‘ladi. Biz soch kesishga bog‘liq asosiy xatoliklarni aniqlashga harakat qilib ko‘rdik va bu tadbirdan qanday foyda olish mumkinligiga oydinlik kiritdik.

Kesish soch o‘sishini tezlashtirmaydi

Ko‘pchilik, sochning uchini har doim kesib turish uning o‘sishiga yordam beradi deb o‘ylaydi. Aslini olganda, sochning o‘sishi, qalinligi va uzunligini faqat bosh terisi follikullari ta’minlaydi.

Sir saqlamang

Sochingizni yangi ustaga kestirayapsizmi? Oxirgi oylarda sochingiz bilan bog‘liq hamma tadbirlarni aytib bering. Bularning hammasi soch tuzilishini va kestirishning oxirgi ko‘rinishini o‘zgartiradi.

Yashash tarzingizni hisobga oling

Ustaga o‘zingizning odatdagi soch turmagingizni tushuntiring. Agar ortiqcha vaqt ham, pul ham sarf qilishni istamasangiz, muntazam ravishda to‘g‘rilashni talab qilmaydigan soch turmagini tanlang.

Sochingizni yuvmang

Kesish oldidan sochingizni yuvmang. Usta har doim kesishni yuvishdan boshlaydi.

Tartibini belgilang

Agar sochlaringiz uzun bo‘lsa, har oyda sartaroshga borish shart emas: yaxshi parvarish qilingan soch uchlari kesilgandan 3—4 oy keyin qatlanishni boshlaydi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari