12:59 / 23.03.2017
14 804

Baxtli turmushning 5 siri

Baxtli turmushning 5 siri
Ikki yosh oila qurayotib umrbod birgalikda baxtli hayot kechirishlariga umid qiladi. Afsuski, oilani saqlab qolish hammaga ham nasib qilavermaydi. Tez-tez bo‘lib turadigan janjallar va kelishmovchiliklar hatto eng mustahkam oilani ham barbod qiladi. Lekin shunday oilalar borki, ko‘p yillar davomida birgalikda baxtli hayot kechiradi. Buning siri nimada?

Har qanday mavzuda muloqot qilish

Er-xotinning doimiy muloqotda bo‘lishi – bu oila mustahkamligining asosiy shartlaridan biri. Er-xotinlar kimdandir yoki nimadandir qo‘rqmasdan hamma mavzularda muloqot qilishlari kerak. O‘zaro ishonchni yo‘qotmaslik uchun bir-biridan biror narsani yashirish yoki sir saqlash hollari bo‘lmasligi lozim.

Bir-birini tinglash

Muloqot qilishdan tashqari bir-birini haqorat qilmasdan, gapini bo‘lmasdan, juftining fikrlarini hurmat qilgan holda eshitish ham juda muhim.

O‘z oilaviy an’analarini yaratish

Har bir oilaning hech qachon unutmaslik va har doim saqlab qolish kerak bo‘lgan o‘z an’analari bo‘lishi lozim. Masalan, butun oila birgalikda tabiat qo‘ynida dam olish, ta’til va bayramlarni birga o‘tkazish kabi. Kichkina bo‘lsa ham yoqimli mayda-chuydalar oila mustahkamligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Birgalikda vaqt kechirish

Er-xotin ba’zan biroz bo‘lsa-da faqat ikkalasi birga vaqt kechirishlari uchun imkoniyat yaratishlari zarur. Birga kechirilgan vaqt o‘zaro munosabatlarni jonlantirishga katta yordam beradi.

Hurmat

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z juftini hurmat qilish kerak. Albatta yoqimli so‘zlar aytish, hammasi uchun minnatdorchilik bildirish, “rahmat” deb aytish zarur.

Manba: “Daryo”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxtli turmushning 5 siri