21:58 / 27.03.2017
13 734

To‘ydan oldin fotosessiya qildirish gunohmi?

To‘ydan oldin fotosessiya qildirish gunohmi?
Savol: Hozir urf bo‘lgan to‘ydan oldingi marosimlar (fotosessiya, to‘y libosi) uchun uchrashuvlar shar’iy to‘g‘ri bo‘lishi uchun nikoh o‘qitishni tavsiya qilishmoqda. Nikoh o‘qilgandan keyin kelin kuyovnikiga 3 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqtda ko‘chib o‘tishi kerak, degan gap aytishmoqda. Aslida ham shundaymi?

Javob: Unday gap yo‘q. Lekin fotosessiya qilib, o‘z xotinini nomahramlar ko‘z o‘ngida turli xil libosda, turli holatda ko‘rsatishdan erkak kishi hayo qilishi va o‘z ayolini rashk qilishi lozimdir. Shuningdek, bunday tarzdagi fotosessiyaga pul va vaqt sarflash isrof hisoblanadi. Vallohu a’lam.

Savol: Ramazon oyida nikoh to‘yini o‘tkazsa bo‘ladimi?

Javob: Ramazon oyida nikoh to‘yini qilishi albatta bo‘ladi va yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Savol: Zulqa’da oyida fotiha (tuy) qilinsa bo‘ladimi?

Javob: Bu oyda to‘yning fotihasini qilsa ham yoki to‘yning o‘zini qilsa ham bo‘laveradi. Bunday amallarni hech qanday istisnosiz yilning o‘n ikki oyida qilish mumkin. Bunday amallarni biror oyda qilish mumkin emas deb shumlanish bid’at hisoblanadi va shumlangan kishi gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Savol: Nikohni qaysi vaqt o‘qitish joizdir (kelinni ota uyidan chiqarishdan oldinmi yoki kechki bazmdan keyin kuyovning uyiga olib kelgandan keyinmi?)

Javob: Qiz bilan yigit nomahram holida birga yurmasliklari uchun nikohni imkon qadar tezroq o‘qitgani ma’qul. Chunki nikoh o‘qitishdan oldin ular birga yurishlari mumkin emas. Nikoh o‘qitgandan so‘ng esa to‘yni kechiktirmasdan, darhol e’lon qilish lozim bo‘ladi.

Savol: To‘y marosimlarda raislik, ya’ni davrakashlik qilib tirikchilik qilish gunohmi?

Javob: Agar u erda noshar’iy ishlarga yordamlashish bo‘lmasa, gunoh hisoblanmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


Manba: www.qadriyat.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘ydan oldin fotosessiya qildirish gunohmi?