18:49 / 10.04.2017
5 539

Minglab portugaliyalik maktab o‘quvchilari Ispaniyadagi mehmonxonaga jiddiy zarar etkazdi

Minglab portugaliyalik maktab o‘quvchilari Ispaniyadagi mehmonxonaga jiddiy zarar etkazdi
Ispaniyaning Torremolinos shahrida joylashgan Real Hotel Pueblo Camino mehmonxonasi 1,2 mingta portugaliyalik o‘quvchining yashashi natijasida jiddiy zarar ko‘rdi. Bu haqda El Pais nashriga asoslanib "Daryo.uz" xabar berdi.
Nashr tomonidan aniqlik kiritilishicha, maktab o‘quvchilari plitkaga zarar etkazgan, matraslarni oynaga uloqtirgan, o‘t o‘chirgichni ishlatgan, hatto vannada bitta televizorni suvga bo‘ktirgan. Mehmonxona ma’muriyati talofatni o‘quvchilar mehmonxonadan chiqib ketgandan so‘ng sezib qolgan.

Etkazilgan zarar 50 ming dollar miqdorida baholanmoqda. Polisiya hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Bahorda ko‘plab portugaliyalik o‘quvchilar va talabalar dam olish uchun Ispaniyaning dengizbo‘yi hududlariga yo‘l oladi. O‘quvchilar ko‘pincha Torremolinos yoki Benalmaden shahridagi mehmonxonalarga joylashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Minglab portugaliyalik maktab o‘quvchilari Ispaniyadagi mehmonxonaga jiddiy zarar etkazdi