10:57 / 15.04.2017
12 929

Ko‘zga shikast etganda nima qilish kerak?

Ko‘zga shikast etganda nima qilish kerak?
Ko‘z — juda nozik organ, uni ishqalash yoki noto‘g‘ri parvarish qilish mumkin emas. "Layfxaker" nashriga tayanib Kun.uz shu mavzudagi maqolani taqdim etdi.

Umumiy tavsiyalar

Tush chyotkasi, daraxt shoxi yoki tirnoq kutilmaganda ko‘zga jarohat etkazishi mumkin, bunda kuchli achishish va noqulaylikni his qilishingiz yoki jarohat yengil bo‘lsa, hech narsani sezmasligingiz mumkin. Shuning uchun buning oldini olish va mutaxassisga ko‘ringan yaxshi. Shifokor infeksiya rivojlanmasligi va chandiq hosil bo‘lmasligi uchun tomchi yoki maz yozib beradi.

Agar ko‘zga biror narsa tushsa, uni ishqalay ko‘rmang. Predmet ko‘zning shilliq qavatini shilishi va jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yuvilmagan qo‘l bilan ko‘zingizga tega ko‘rmang. Ko‘zning shilliq qavatini iflos suv bilan yuvmang. Pinset, tish tozalagich va boshqa qattiq jismlarni qo‘llamang: ular nozik to‘qimalarga jarohat etkazishi mumkin.

Ko‘zning yuzasiga zarar etkazgan ob’ektni olib tashlashga urinmang. Bunday vaziyatda darhol shifokorga ko‘rinish zarur.

Ko‘zlaringizda kontakt linzalar bo‘lsa, ularni yuvmang. Avval linzalarni olib tashlang.

Ko‘zga kimyoviy faol modda tushsa, nima qilish kerak?

Qo‘llaringizni yaxshilab yuving. Ularda sovun yoki ko‘zga tushgan moddaning izi qolmaganiga ishonch hosil qiling.

Linzalarni olib tashlang, chunki linza ko‘zga tushgan moddani o‘ziga tortib olgan va ko‘z sathiga ziyon etkazgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘zlaringizni 15-30 daqiqa davomida suv bilan yuving. Agar shunda ham noqulaylik hissi ketmasa, shifokorga boring. Har ehtimolga qarshi, o‘zingiz bilan ko‘zingizga tushgan modda namunasini oling.

Agar kon’yunktivga elim tushgan bo‘lsa, uni mustaqil ravishda olishga urinmang: bu ish bilan faqat oftalmolog shug‘ullanishi kerak. Ko‘zingizni yuvib, ko‘z shifokoriga ko‘rining.

Ko‘zga g‘ayritabiiy tana tushsa, nima qilish kerak?

Qo‘llaringizni yaxshilab yuvib tashlang. Ko‘zning shilliq qavatidan g‘ayritabiiy tanani topishga harakat qiling.

O‘tkir bo‘lmagan predmetlar (kipriklar, soch, kosmetik vositalar)ni suvda ho‘llangan paxtali cho‘pda olib tashlash mumkin. Agar ko‘zga tushgan soch och rangda bo‘lib, ko‘rinmasa, ularni yuvib tashlang.

O‘tkir predmetlar (qirindi, shisha, yirik qum)ga tegmagan yaxshi, zero ular ko‘z to‘qimalariga ziyon etkazishi va hatto ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishdek jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Yuqori qovoqni ko‘tarib, ko‘zingizni suv bilan yuving.

Agar predmet yuvilmasa yoki olib tashlangandan keyin ham noqulaylik hissi ketmasa, ko‘zni bint bilan yopib, yaqin oradagi oftalmologga boring yoki tez tibbiy yordam xizmatini chaqirtiring. Ko‘zlaringizni aslo ishqalay ko‘rmang.

Ko‘zingizga hech narsa xavf solmayotganini faqat shifokorgina aniqlay oladi. Shu bois hatto g‘ayritabiiy tanani olib tashlashga muvaffaq bo‘lsangiz ham, oftalmolog ko‘rigidan o‘ting.

Shifokorgacha qanday etib olish mumkin?

Agar ko‘ra va yura olsangiz, yaqin oradagi oftalmologga qarab yo‘l oling. To‘q rangli ko‘zoynak bilan yoki ko‘zni bint bilan yopib, pasportingiz (va tibbiy sug‘urtangiz)ni olib shifokorga borish kerak.

Favqulodda holatlarda (jarohatlar, yaralar, kimyoviy va termik kuyish, ko‘zga xavfli moddaning tushishi, kutilmagan og‘riq, ko‘rish qobiliyatining keskin pasayishi yoki umuman yo‘qolishi) sizni navbatsiz qabul qilishadi.

Agar ko‘zlar yoshlansa, og‘risa yoki atrofni xira ko‘ra boshlasangiz, tez yordam chaqiring.

Ko‘zlar salomatligini qanday saqlab qolish mumkin?

1. Tosh, daraxt, metall, qum, reagentlar, avtomobil akkumulyatori va boshqalar bilan ishlash jarayonida himoya ko‘zoynaklarini kiyishni unutmang.

2. Kimyoviy moddalar joylangan idishlarni ko‘zga yaqinlashtira ko‘rmang.

3. Tozalash vositalaridan foydalanganda qo‘lqop kiying, keyin esa qo‘llaringizni sovun bilan yuvib tashlang: shunda kimyoviy moddalarning ko‘z shilliq qavatiga tushishining oldini olgan bo‘lasiz. Barcha kimyoviy vositalarni bolalarning qo‘li etmaydigan joylarda saqlang.

4. Ko‘zlaringizni yilda bir marta ko‘rikdan o‘tkazing, noqulay mehnat sharoitida ishlaydiganlar esa - yilda ikki marta.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘zga shikast etganda nima qilish kerak?