Yaqinda bir mahalladoshimiz onasini keksalik nafaqasiga chiqarmoqchi bo‘lgan ekan, onasi unga: “Mening tug‘ilganlik haqidagi guvohnomamni olganlarida yoshim bir yoshga katta yozilib ketganini bobong rahmatli aytar edilar. Yana bir yil sabr qilaylik, shunda olganimiz halol bo‘ladi, davlatimiz zavol ko‘rmasin”, debdi.
G‘ani – boy demoq, ammo ma’nosining asosi “ehtiyojsiz”dir. Bu ma’no Asmo’i husnadan.
Manbalarda g‘anining uch darajasi bor ekani aytilgan:
1. Mutlaqo ehtiyojsiz zot. Bu – Alloh taolo.
2. Ehtiyojlarini ko‘ngil dunyosida kamaytirgan – qalbi boy, kimsaga yordam so‘rab qo‘lini cho‘zmaydigan va dardini yorib holini ochmaydigan payg‘ambarlar, Haq do‘stlari... zohirda nochor ko‘rinsa-da, moddiyat asiri bo‘lmagan insonlar.
3. Mol-mulki ko‘p, “qo‘li uzun” bo‘lgani uchun majozan ehtiyoji oz bo‘lganlar. Ularning ehtiyoji o‘z moliga nisbatan bo‘ladi. Boshqalarning ko‘magiga muhtoj emas.
Ammo charxi kajraftorning ishini qarangki, uning boyligi bilan birga ehtiyojlari ham ortib borar ekan. Masalan, boylarning davlatini qurimoq uchun qorovullar, xizmatchilar, signal beradigan moslamalar va boshqa narsalarga ehtiyoji bor.
Aslida qanoat insonning muhtojligiga daxldor hodisa. Inson Allohga muhtoj. Buni unutgan kishi haddini bilmaydi. Illo, kishining o‘z holini bilmog‘i ham buyuk ma’rifatdir. Inson so‘zi nisyondan olinganiga borib u qanoat borasida ham nisyonga ketadi. Sog‘lom inson kasal bo‘lgan vaqtidagi parishonligini, bolaligida boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarni va keksalik dardi aziyatlarini tortishi kerakligini esga olmasligi mumkin. Shuningdek, boy odam ham ertaga qashshoqlashib qolishi ehtimoli mavjudligi, qo‘lidagi molining omonat ekanini unutadi. Ajal eshik qoqib kelganda boyligining sira ham arzimas narsadek ko‘rinib qolishini o‘ylamaydi. “Yo‘q! inson, albatta, tug‘yonga ketur. Gar o‘zini boy ko‘rsa, Albatta, qaytib borish Robbinggadir” (Alaq surasining 6-8 oyatlari); “Va ammo,kimki baxillik va istig‘no qilsa... Va go‘zalni yolg‘onga chiqarsa... Bas, biz uni qiyinga muyassar qilamiz. U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas” (Layl surasining 8-11 oyatlari), deya biz bandalarini ogohlantiradi Alloh taolo.
Aslida hojatlarimizni ravo qiluvchi – Alloh taolo. Ammo Robbimiz bizni ma’rifat hosil qilsin deya turli vasilalar qilgan-u, biroq vasilalarga tavajjuh ko‘rsatmagan, Biz Allohni qo‘yib ularga qo‘l cho‘zsak, ulardan najot istasak, ularning marhamatidan umidvor bo‘lsak, qondirilgan ehtiyojlarimizni vasiladan deb bilsak, ma’rifatimiz kemtik bo‘lib chiqadi va Robbimiz bizdan rozi bo‘lmaydi.
Mo‘min kishi qanchalik qanoatli bo‘lsa-bo‘lsin, unga yordam qo‘lini cho‘zish boshqa mo‘minlarning zimmasidan soqit bo‘lmaydi. “O‘zi istamadi, bizdan gunoh ketdi”, deb bo‘lmaydi. “Chaqaloq yig‘lamasa, onasi sut bermaydi!” qabilida ish ko‘rish mumkin emas. Robbimiz imkon sohiblari xato ish qilmasinlar deya quyidagi oyati karimalarda muhtojlarni ikki toifaga bo‘lib tushuntirgan: “Va molu mulklarida so‘rovchi va bechoralarning haqqi bordir” (Zaariyaat surasining 19-oyati); “...ulardan eng va qanoatli va tilangan kambag‘allarni ham taomlantiring” (Haj surasining 36-oyatidan).
Parvardigor zakotni ham haqiqatan ehtiyojmandlarni topib, eng avvalo, qanoatli odamlarga berishni tavsiya etgan: “(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yo‘lida tutilgan, er yuzida kasb qilishga qodir bo‘lmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb o‘ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so‘ramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir” (Baqara surasining 273-oyati).
Demak, Parvardigor faqirlik ila imtihon etgan bandalarini qanoatli, ko‘zi to‘q holda ko‘rishni istaydi. Ayni paytda boylik ila imtihon etgan bandalarining ko‘ngli uyg‘oq bo‘lishini, javonmard, marhamatli va shafqatli bo‘lishini xohlaydi.
Haqiqiy mo‘minlar shunday insonlarki, ulardan biri bermoq uchun qistovga oladi, ikkinchisi olmaslik uchun. Xuddi mana bu voqea kabi: Sa’d bin Robiy roziyallohu anhu Abdurrahmon ibn Avfga samimiyat ila: “Men ansorning eng badavlat odamiman. Molimning yarmini senga ayirdim. Bundan molim ko‘payadi”, dedi.
Abdurrahmon ibn Avf r.a.: “Alloh molingni va imkonlaringni xayrli qilsin. Mening ularga ehtiyojim yo‘q. sen menga bozorning yo‘lini ko‘rsat, shuning o‘zi kifoya...” dedi.
Ana shunday do‘stlik taomilida olgan emas, bergan tashakkur aytadi. Bizning ham shu kabi insonlar sirasidan bo‘lmog‘imizni nasib aylasin.
Manba: www.muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi