Agar siz ko‘p mablag‘ sarflamasdan chiroyli va go‘zal ko‘rinishni xohlasangiz sizga dorixonadagi dori-darmonlar yordam beradi.
Rux malhami
Husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi: ma’lum nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi. Faqat esingizda bo‘lsin: malham terini quritadi, shuning uchun namlantiruvchi krem surishni unutmang.
Retinol malhami
Aslida retinol – ajinga qarshi kurashishda eng samarali vosita deb tan olingan A vitamini. Malham husnbuzarlarni yo‘qotishda yordam beradi. Lekin u yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, u qizarish va qichishishni yo‘qotib, terini tinchlantiradi. Ehtiyot bo‘ling: faqat kechki payt qo‘llashingiz mumkin! Retinol ultrabinafsha nurlari bilan yaxshi kelishmaydi, ular ta’sirida pigment dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin.
Aspirin
Boshqacha nomi — salisil kislota. Lifting sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona tabletkani qoshiq yordamida ezib maydalang va krem holiga kelishi uchun bir choy qoshiq qaymoq qo‘shing. Niqob kabi yuz terisining ko‘z atrofidan boshqa joylariga suring. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving.
Kalendula damlamasi
Uni suv bilan teng miqdorda aralashtiring va loson sifatida foydalaning. Teri teshikchalari tozalanadi va qora nuqtalar kamayadi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
Tramp uchta davlat tovarlariga bojlar joriy etmoqchi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?