19:19 / 26.04.2017
14 574

Piyoda yurishning foydali xususiyatlaridan yana biri aniqlandi

Piyoda yurishning foydali xususiyatlaridan yana biri aniqlandi
AQShdagi Xaylends universiteti olimlari piyoda yurishning yangi foydali xususiyatini kashf qildilar. Bu haqda “EurekAlert”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Ularning aniqlashlaricha, piyoda yurish natijasida bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, bu esa o‘z navbatida xotira hamda bilim olish qobiliyatining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Bunday effekt yugurishdagi effektdan kuchsizroq bo‘lsa-da, biroq velosipedda yurishdan kuchliroqdir.

Tadqiqot mualliflari 12 nafar sog‘lom ko‘ngilli yoshni kuzatishlari natijasida shunday xulosaga keldilar. Ko‘ngillilar vertikal holatda soniyasiga bir metr doimiy tezlikda harakatda bo‘ldilar. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi ultratovush yordamida tekshirib turildi.

Shuningdek, amerikalik olimlar o‘rta yoshdagi jismoniy faollik 20 yoshdan keyin bosh miya hajmining kamayishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tgan edilar. Ispaniyalik olimlar ham o‘z navbatida Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ichida Shvesiya, Daniya va Finlyandiyada jismoniy faollik yuqori ko‘rsatkichga ega ekanini aniqladilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Piyoda yurishning foydali xususiyatlaridan yana biri aniqlandi