10:19 / 27.04.2017
29 252

Dunyodagi eng qimmatbaho taqinchoqlar (foto)

«Asl go‘zallik» ortidan quvib, davlatmandlar, kolleksionerlar va Gollivud xonimlari qimmatbaho zargarlik buyumlarini xarid qilishdan toymaydi. Sizni ular orasidan eng qimmatbaholari bilan tanishtiramiz.

Mouawad’dan L’Incomparable marjoni — 55 million dollar
Dunyodagi eng qimmatbaho taqinchoqlar (foto)
Marjon 637 karatli bo‘lib, turli shakllardagi 91 ta brilliantdan iborat, ular 18 karatli pushti oltin bilan hoshiyalangan. Taqinchoq markazida dunyodagi eng yirik to‘q sariq rangli olmos joylashgan, uning og‘irligi 407 karatga teng.

201 Carat Chopard soati — 25 million dollar

Shveysariya zargarlik uyi yaratgan ingichka va nafis soat yagona nusxada bo‘lib, noyob va qimmatbaho zargarlik buyumlariga kiradi. Oq tilladan yasalgan bilaguzukni 874 ta rangli qimmatbaho toshlar bezab turadi. Unga faqat asl brilliantlar qadalgan.

Beyonsening nikoh uzugi — 5 million dollar

Qo‘shiqchi Beyonsega turmush o‘rtog‘i Jey Zi 2007 yilda asl qirollik unashtiruv uzugini sovg‘a qilgan edi. Buyurtmani zargar dizayner Lorreyn Shvars yasagan. Brilliantning o‘lchami 18 karatga teng, uning narxi esa taxminan 5 million dollarga baholanmoqda.

Ana Khouri’dan oltin tiara — 20 400 dollar

Arzonroq bo‘lishiga qaramay, yulduzlar va modellar orasida ommabop bo‘lgan zargarlik buyumlari ham bor. Masalan, 18 karatli oltindan yasalgan original va zamonaviy tiara. Uning muallifi, dizayner Ana Xurining ilk mashhur mijozlaridan biri Madonna bo‘lgan.

Ana Khouri’dan tilla soch to‘g‘nog‘ichi — 17 200 dollar

18 karatli oltin soch to‘g‘nog‘ich Ana Khouri’ning «Oltin yaproq» liniyasiga kiradi. Bilaguzuk, brilliant marjon, munchoq va zirakdan iborat butun liniya 100 ming dollarga tushadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyodagi eng qimmatbaho taqinchoqlar (foto)