11:47 / 02.05.2017
13 414

Muzqaymoqni uyda tayyorlaymiz

Muzqaymoqni uyda tayyorlaymiz
Maslahatlar va tayyorlash usullari uyda tayyorlanadigan hamma muzqaymoqlarga tegishli. Siz uni maxsus muzqaymoq tayyorlanadigan idishda yoki muzlatgichda ham tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

Eng asosiysi

Uyda, muzlatgich kamerasida tayyorlanadigan muzqaymoqlar yaxshilab aralashtirishni talab qiladi. Tayyorlash davomida bu har 20 daqiqa — 1 soatda 3—5 marta bo‘lishi mumkin.

Agar maxsus muzqaymoq tayyorlanadigan idishdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz — aralashmani joylashtirishdan oldin idishni soviting.

Faqat yaxshi oziq-ovqatlarni tanlang

Muzqaymoqning masalliqlari qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha mazali chiqadi.

Agar kaloriyasini hisoblayotgan bo‘lsangiz, buni keyinga qoldiring

Chunki muzqaymoqning mazasi va kremining tuzilishi uning tarkibidagi yog‘ga bog‘liq. Agar yog‘i olingan oziq-ovqatlardan foydalansangiz — yumshoq va mayin muzqaymoqning o‘rniga siz — kristall tuzilishli muzga ega bo‘lasiz.

Xushbo‘y hid beruvchi ziravorlar qachon qo‘shiladi?

Ziravorlar, ayniqsa ekstraktlar yoki xushbo‘y spirt eng oxirida, muzqaymoq uchun tayyorlangan massa sovigandan so‘ng qo‘shiladi.

Yong‘oqlar, yangi yoki quruq mevalar, shokolad bo‘laklari qo‘shish

Ular muzqaymoq deyarli qotgandan keyin qo‘shilsa samarasi yaxshiroq bo‘ladi. Qo‘shimchalar sovuq holda bo‘lishi kerak, shuning uchun ularni foydalanishdan oldin sovitgichga qo‘ying. Qo‘shganingizdan so‘ng yaxshilab aralashtiring.

Uyda tayyorlangan muzqaymoqni saqlashda muz paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Agar siz muzqaymoqni ko‘p miqdorda tayyorlab, ularni muzlatgichda saqlamoqchi bo‘lsangiz, unda muz paydo bo‘lmasligining iloji yo‘q.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muzqaymoqni uyda tayyorlaymiz