Vafot etgan shaxs nomidagi avtomashinani qanday qilib merosxo‘r nomiga rasmiylashtirish mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar talab etiladi? A.A. Toshkent shahri.
D.YaKUBOVA, Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig‘i:
— Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi. Merosga bo‘lgan huquq vorislik vasiyati mavjud bo‘lmasa, qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi. Fuqarolik kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq, konun buyicha birinchi navbatdagi merosxo‘rlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik xuquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tutilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.
Meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug‘ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Notarius jismoniy va yuridnk shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa xujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Agar meros mulki tarkibiga avtomototransport vositatari kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, ushbu avtotransport vositalari baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanganligi to‘g‘risidagi xulosasini talab qiladi, shuningdek avtotransport vositasi davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyi bo‘yicha davlat notarial idora tomonidan ushbu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish to‘xtatib turiladi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?