12 219
Onangiz bu gaplarni hech qachon sizga aytolmaydi! Buni ularning nomidan biz sizga aytamiz!
…Oldimga qo‘llaringizda men uchun arzimagan bo‘lsa ham, biror narsa ko‘tarib kelishingiz, menga bo‘lgan E’TIBORingizni bildiradi…
* * *
…Men bilan ishingiz bo‘lmay, telefoningiz bilan MAShG‘UL bo‘lishingiz, meni yosh boladek bu narsalarni tushunmaydi, deb hisoblashingiz, bir nima desam, chalg‘itdi, deb jahlingiz chiqishidan xafa bo‘laman!
* * *
…Oshxonada belim og‘rib, oyoqlarimda quvvat qolmay, siz va farzandlaringiz uchun EMAK tayyorlasam-da, eganingizda sizga yoqmay ensa qotirishingiz, yuragimni parchalaydi…
* * *
…Uyga kelsangiz, xuddi meni ko‘rish uchun emas, bir-biringiz bilan gaplashgani kelgandek, sizning suhbatingizda menga O‘RIN yo‘qdek turishingizdan o‘zimni kimsasizdek sezaman…
* * *
… Sizni kutmaganimda, yolg‘iz qolganimda, to‘satdan ziyoratimga kelishingiz, menga bir olam quvonch BAXShIDA etadi…
* * *
…Meni yosh boladek sanab, «Uni bunday, buni unday qiling», deyishingizga muhtoj emasman… Aksincha, meni o‘z o‘rnimda, sizga ko‘p narsani o‘rgatgan, xatolaringizni MEHR bilan tushuntirgan ona sifatida muomala qilishingizni xohlardim…
* * *
…Yoshligingizda xizmatingizni sidqidildan qilardim… Mening ham sizga aytolmaydigan ehtiyojlarim bor… Har oy maoshingizdan menga ham ozgina ajratsangiz, meni xursand qilgan, duolarim sabab topganingizda barakani ko‘rgan bo‘lardingiz.
* * *
… Kun kelib, mening xonamga kirasiz. Lekin unda meni topolmaysiz…
* * *
… Har qancha ulg‘aymang, siz men uchun doim beg‘ubor, yuragimning bir parchasi, ko‘zlarimning nuri, jonim — bolajonim bo‘lib qolasiz…
* * *
…Nasihatimni qabul qiling, jigarbandlarim. Sizlarga qattiqqo‘llik qilgan paytimda ham sizni YaXShI ko‘rganman…
* * *
… Dunyoning go‘zalligini sizning baxtingizda ko‘radigan onangizdan XAFA bo‘lmang…
* * *
… Ariqning suvi pastga qarab oqqanidek, siz ham menga nisbatan bolalaringizga ko‘proq MEHRIBON bo‘lasiz… Insonning fitrati shunday…
Ona «bolam» desa, bolasi ham «bolam» deydi… Shuning uchun ham Alloh taolo farzandlarga demasdan, ota — onangizga yaxshilik qiling, dedi…
… «Robbing faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishingni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka etsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt! Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni paslat va «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin..», deb ayt. (Isro: 23-24).
* * *
… Menga qanday muomala qilsangiz, farzandlaringiz ham sizga shunday munosabatda bo‘lishadi…
* * *
Bu onalarning «Balki o‘zi qarashimdan, hayotim, ahvolimdan bilib olar…», deb sizga aytolmaydigan so‘zlaridir…
ONANGIZNI QADRLANG, KUN KELIB IZLAB HAM TOPOLMAY QOLASIZ!
Bu dunyo ishlari ajibdan-ajib,
Sinovlar keladi erta yoki kech.
Ne bo‘lsa bo‘lsin-u, ammo, bir faqat…
Onaning ko‘z yoshi to‘kilmasin hech!
Osmon ham titrarkan ona yig‘lasa,
Faryodla zor qaqshab bag‘rin tig‘lasa,
Insonmas kimda-kim ona yig‘lasa,
Onaning ko‘z yoshi to‘kilmasin hech!
Ularning mehridan iliydi jahon,
E’zozla, qadrla, xurmatla hamon,
Onalar muqaddas, g‘animat mehmon,
Onaning ko‘z yoshi to‘kilmasin hech!
Mayliga ko‘kdagi oylar yig‘lasin,
Dengizu-daryolar, soylar yig‘lasin,
Tilloga ko‘milgan boylar yig‘lasin.
Onaning ko‘z yoshi to‘kilmasin hech!
Onalar dur-gavhar, ezgu arimas,
Oyog‘in ostida jannat, qarimas,
Bir tomchi yoshiga dunyo arzimas…,
Onaning ko‘z yoshi to‘kilmasin hech!
Chidayman dunyoda ne bo‘lsa, bo‘lsin,
Lek, ona yig‘lamay yursin erta-kech.
Allohim o‘zingdan yolvorib so‘rgum,
Onaning ko‘z yoshi to‘kilmasin hech!
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi mumkin
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?