16:31 / 27.05.2017
10 564

Ro‘zada atir ishlatsa bo‘ladimi?

Ro‘zada atir ishlatsa bo‘ladimi?
— Ro‘za holatda atir ishlatish mumkinmi? Gul va shunga o‘xshash xushbo‘yliklarni hidlash-chi?
Bahora, Samarqand.

— Ro‘zada atir ishlatish durust. Gul hidlash ro‘zani ochmaydi. Anas ibn Molik raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan “Ro‘zador odam o‘pishi mumkinmi?” deb so‘raydi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Buning rayhon gulini hidlagandek zarari yo‘q”, deydilar. (Tabaroniy rivoyati). Demak, gul hidlash o‘pish kabi ro‘zani ochmas ekan.

Faqat anbar va shunga o‘xshash o‘tga tashlaganda hid chiqaradigan xushbo‘yliklarning tutunini ichga kiritsa, ro‘zani ochadi. Shuningdek, ro‘zada isiriq tutatib, tutunni ichga kiritsa ham ro‘za ochiladi. Imom ash-Shurunbuloliy: “Odamlarning ko‘pchiligi bundan g‘ofildirlar. Ularni ogohlantirish kerak, chunki, ular atir bilan udu anbar tutunini bir xil deb o‘ylaydilar”, degan. (“Mavsu’at ul-fiqhiyya”).

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ro‘zada atir ishlatsa bo‘ladimi?