
Kuyov xat yubordi.
Unda shunday yozilgandi:
«Tashqarida senga ajoyib hadya qoldirdim. Uni ol! Mendan xavotir olma! Men ketdim. Tezda qaytaman!»
Tashqariga chiqib qarasa:
Mushaf, joynamoz, barmoqqa taqiladigan elektron tasbeh, taqvim va «Zikrlar kitobi» bor edi.
Sovg‘alar oldida yana bir qog‘ozchani ko‘rib qoldi. Ochib qaradi.
Unda:
«Sen qiladigan har bir savobli amal ajriga sherik bo‘lishni xohlayman. Jannatda mensiz qolishingni istamayman.
Qur’onni qo‘lingga ushlaganingda, menga ham mushaf tutqaz!
Birga o‘qishlik uchun chaqir!
Meni kechasi uyg‘ot, «Birga Robbimizga sajda qilaylik!» degin.
Yaxshilikka meni chorla…! Jannat haqida so‘zla… Oxiratga zaxira yig‘ishga bir — birimizga ko‘maklashaylik! Eng muhimi…. Duolaringning so‘ngida bo‘lsa ham,
men g‘aribingni esla…!
Haqiqatda meni sevsang…
Jannatlarda ham birga bo‘lishni istasang…
Meni unga etakla… Azizam…
Shu — haqiqiy baxt…
Shu haqiqiy sevgidir…» deb yozilgan edi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar