Hamyonda «baxtli tanga» bo‘lishi kerak, bu – birinchi ishlab topgan pulingizdan yoki omadga erishgan insondan olingan bo‘lishi mumkin.
Hamyoningiz hamisha to‘la bo‘lishini istaysizmi? Buni kim ham istamaydi, dersiz. Psixologlarning ta’kidlashicha, buning uchun hamyonni to‘g‘ri tanlay bilish va ba’zi qoidalarga amal qilish lozim ekan…
1. Chiroyli, salobatli bo‘lsin.
Arzon hamyon pul chaqira olmaydi, chunki uning o‘zida kambag‘allik quvvati bor.
Qimmat hamyonga pulingiz etmayotgan bo‘lsa, o‘rtacha narxdagisini tanlang, asosiysi, u salobatli ko‘rinsin. Pulingiz ko‘pligi haqida fikr tug‘dirishga xizmat qilsin.
2. Kengligi muhim.
Pullar keng hamyonda o‘zini yaxshi his qiladi. Har qanday, hatto yirik pullar ham unga bemalol sig‘ishi kerak, qayrilib qolmasligi lozim. Nega yirik pullar hamyoningizga kelmayotganiga ajablanyapsiz. Demak, siz ularni chin dildan kutmayapsiz, shuning uchun ular hamyoningizda paydo bo‘lmayapti. Bundan tashqari, hamyonda mayda pullar uchun qulay va alohida joy ham bo‘lishi kerak.
3. Tabiiy matodan bo‘lsin.
Hamyon tanlayotganingizda u toza charmdan, zamshdan, umuman, tabiiy matodan tikilganiga e’tibor bering. Chunki tabiiy matolar pul quvvatini a’lo darajada o‘tkazadi. Polietilen kabi sun’iy matolardan qoching, ular o‘zida hech qanday quvvatni saqlamaydi. Ustiga-ustak, sun’iy bo‘lganligi uchun ular pulning tabiiy quvvat manbaini to‘sib qo‘yadi.
Shuning uchun hamyonni bozordan emas, do‘konlardan xarid qilganinigiz ma’qul. Xuddi o‘sha narxda sizga bozorda toza charm o‘rniga kleyonka qoplanganini aldab o‘tkazishlari mumkin.
4. Rangi ham muhim.
Hamyon rangi – er va temirga yaqin ranglar bo‘lishi lozim. Bular to‘q malla, qora, sariqnnig barcha turi, kumush va tillarang.
Suvga oid ranglar – havorang, ko‘k, yashil rangli hamyonlardan pul qochadi.
Pul chaqirishi uchun hamyonga nima solish kerak?
An’analarga ko‘ra, pul chaqirishi uchun hamyonga bir-biriga bog‘langan uchta xitoy tangasini solib qo‘yish kerak. Maxsus sovg‘a do‘konlarida bunday tangalarning tayyori sotiladi, lekin siz pullarni qadrlashingizni, ularni yaxshi ko‘rishingizni aytib, tangalarni o‘zingiz bir-biriga bog‘lasangiz, natijasi yaxshi bo‘ladi.
Fen-shuydan yana bir maslahat – hamyoningizga bir bosh uzum rasmi tasvirlangan surat, choy yoki yalpiz bargi solib qo‘ying, bu meva va o‘simliklar hamyon egasiga pul borasida omad olib kelish imkoniga ega ekan.
Bundan tashqari, hamyonga dukkakli o‘simliklar va dolchin solish ham tavsiya etiladi. Bular pulni chaqiribgina qolmasdan, ularni saqlar ham ekan.
Bir dollarlik kupyura ham pul chaqirish quvvatiga ega.
Rus xalqi odatiga ko‘ra, hamyonga bir parcha erqalampir(xren) ildizini solib qo‘yishadi. Bu o‘simlik moddiy quvvatni ko‘p miqdorda o‘ziga tortadi. Buning uchun xren ildizini bozordan sotib olmasdan, o‘zingiz kavlab, quritishingiz lozim.
Moddiy energiya manbai archagulda ham ko‘p miqdorda to‘planadi. Shuning uchun archagulning kichkina novdasini hamyoningizga solib qo‘ying.
Pulga qanday muomala qilish kerak?
Hamyonga pullarni «gulini guliga moslab», tekislab, taxlab, katta-kichikligiga qarab, oldin yirik pullarni, keyin maydalarini solish kerak.
Hamyonni hech qachon bo‘sh qoldirmang, hech bo‘lmaganda unda bir dona tanga tursin.
Hech qachon pulingizni oxirgi tiyinigacha sarflamang.
Hamyonda «baxtli tanga» bo‘lishi kerak, bu – birinchi ishlab topgan pulingizdan yoki omadga erishga insondan olingan bo‘lishi mumkin. Bu tangani ishlatmang, u boylikning baxtli tumori bo‘lib tursin.
Yutib olingan, noto‘g‘ri yo‘l bilan topilgan, topib olingan, hadya qilingan pullar omad keltirmaydi, shunnig uchun ularni hamyonda ushlab turish kerak emas. Ularni muhtojlarga bering yoki tezroq ishlatib yuboring.
Pulingiz ko‘p bo‘lishi uchun ularni ardoqlash va ehtiyotkorlik bilan muomala qilish lozim. Har bir qo‘lingizga tushgan pulni albatta tekislab, keyin hamyoningizga soling.
Eski lash-lushlardan voz keching!
Hamyoningizda keraksiz cheklar, telefon raqamlari yozilgan turli eski va g‘ijimlangan qog‘ozchalar va boshqalar bo‘lsa, pullar u erga «bormaydi».
Yaqinlaringiz – eringiz va bolalaringiz suratini hamyondan chiqaring.
Birinchidan, suratlar pulnnig quvvatini o‘ldirishi aniq, ikkinchidan, pullarning o‘zi suratlar orqali yaqinlaringizga «o‘tib ketishi» mumkin. Hamyoninngiz suratlar uchun emas, faqat pul uchun xizmat qilsin.
Qanday hamyondan tezroq voz kechish kerak?
Yirtilgan, teshilgan, uringan hamyon kambag‘allik chaqirarkan. Chunki unga tushishni pul xohlamaydi. Tushgan taqdirda ham yirtiqlardan pullarnigiz quvvati chiqib ketadi. Shunnig uchun eski hamyondan tezda xalos bo‘ling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi