
Hayotiy voqealar asosida yozilgan
Xayollari shamoldek to‘zib,
Sirlarini ochib ketgan qiz.
«Izlamanglar» degan xat yozib,
O‘z uyidan qochib ketgan qiz.
Bir yigit bor edi ko‘nglida,
Adashtirdi balki yo‘lidan,
Hayotini buzgan qo‘lidan,
Marjonini sochib ketgan qiz.
Sochlarini o‘rmasdan hali,
Shirin tushlar ko‘rmasdan hali,
O‘n oltiga kirmasdan hali,
O‘n ettiga shoshib ketgan qiz.
Ayb kimda, ayb o‘zida,
Til uchida aytgan so‘zida,
Onasining qaro ko‘zida,
Daryo bo‘lib toshib ketgan qiz.
Otasini arqonga tashlab,
Akasini qo‘rqqanga tashlab,
Beshariqni Qo‘qonga tashlab,
Dovonlarni oshib ketgan qiz.
O‘z uyidan qochib ketgan qiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar