
Ba’zilar qovurilgan kartoshkani xush ko‘rib iste’mol qiladi. Ammo hamma ham uni qanday qilib qovurishni yaxshi bilmaydi. Quyidagi tavsiyalarimiz esa bunda sizga yordam berishi mumkin:
* kartoshkani tovaga solishdan avval tovaning o‘zi ham, undagi yog‘ ham yaxshi qizigan bo‘lishi zarur;
* butun tayyorlanish jarayonida kartoshkani 3-4 marotaba aralashtirish kerak;
* tuz eng oxirida solinadi;
* piyoz yoki sarimsoq, ziravorlar taom tayyor bo‘lishidan 3-5 daqiqa oldin solinishi kerak.
Tayyor kartoshkani qizib turgan yog‘ga baland olovda solib, 3-4 daqiqadan so‘ng aralashtirish mumkin. Shunda usti qirsillab pishadi. So‘ngra idish qopqog‘ini yopib, 7-9 daqiqa davomida qovurish tavsiya qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar