Inson yaralibdiki, jodugar, folbin, bashoratchi, ekstrasens kabi atamalar ham biz bilan yonma-yon yashab kelmoqda. Oramizda folbin deb atalmish alohida kimsalarga ishonuvchilar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Agar fol va joduga ilm nuqtai nazaridan nazar tashlaydigan bo‘lsak, ha, ular nimalargadir qodir. Ya’ni, jodugar er yuzidagi 90 foiz odamning aurasi, energetika maydoniga kirib bora oladi, uni o‘zi istagan tarafga yo‘naltira biladi. Endi hayotga qaytaylik. Folbin va jodugarlar aksar holatlarda kimnidir kimgadir isitish, yoki aksincha kimnidir kimdandir sovutish bilan shug‘ullanadi. Isitishni fanda oq jodu, sovutishni esa qora jodu deb atashadi.
Oq jodu bilan shug‘ullanuvchi jodugar va folbinlar mijozning iltimosiga ko‘ra, qolaversa, kissasiga pul ishlab olish niyatida birovni birovga isitadi. Xo‘sh, qanday qilib? Shubhasiz, isitilishi lozim bo‘lgan odamning suratiga qarab yoki kiyimi hidiga asoslanib uning energetika maydoniga kirib boradi. Bu maydonni mijoz tomonga to‘g‘rilaydi. Qarabsizki, oradan ma’lum vaqt o‘tib ikki shaxs bir-birini ilgarigidek qattiq hurmatlay boshlaydi, qaytadan sevib qoladi. Lekin yana takror aytaman, bu vaqtinchalik. Oradan ma’lum fursat o‘tgach, jodu o‘z kuchini yo‘qotadi.
Bizning yurtda esa unday jodugarlar, ya’ni, kuchli folbin va jodugarlar yo‘q hisob. Borlari ham Evropa, Amerika kabi davlatlardagi jodugarlar qarshisida ip esha olmaydi. Xo‘sh, jodugarning kuchi nimada? Xudo unga shu jihatdan bitmas-tuganmas quvvat berib qo‘yadimi? To‘g‘ri, jodugar kuchliligi undagi bioquvvat, aura baquvvatligi bilan bog‘liq. Shunday hodisalarga guvoh bo‘lganmanki, aurasi, bioquvvati kuchli jodugar hamkasblariga bir marta yomon qarashda ularni hushdan ketishga, chalqanchasiga qulashga majbur etgan. Biroq bundaylar ham Olloh ato etsagina shunday imkoniyatga ega bo‘la oladi. Qolaversa, jodugarni ham, folbin-tabib, duoxon domlalarni ham faqat iblis boshqaradi. U boqiy dunyoda qarg‘ishga uchrab, xudoning g‘azabiga mubtalo bo‘lgach, erga tushib jodugar, folbinlar, buzuqlikka moyilligi borlar, o‘g‘irlik, bosqinchilik, kallakesarlik, firibgarlik, ikkiyuzlamachilik, yolg‘onchilik, qasamxo‘rlikka suyagi yo‘qlarni qidira boshlagan. Mana, hanuz uning nazari tushgan banda adoyi tamom bo‘ladi. Odamiylik jihatidan mahrum bo‘ladi.
Jodugarlar va folbinlar ham iblis etagida yomon ishlarga qo‘l urishadi. Nafsini deb hatto odam o‘ldirishdan ham toyishmaydi. Yuqorida bizning yurtda unday kuchli aurali jodugar yo‘q degandim. Shunga bir misol. Uch yil oldin infarktga uchrab yotib qoldim. Kasalxonadan kelgach, qo‘shnilarning ayrimlari qo‘yarda qo‘ymay meni bir duoxon domlaga olib boradigan bo‘lishdi. Bilaman, manaman degan professorlar tuzata olmaydigan yurakni oddiy duoxon domla tuzata olarmidi. Baribir bordim. Bilamanki, hech narsa qila olmaydi. Kutgandim, sezgandim, oldindan bilgandim. Duoxon domla o‘zicha duolar o‘qidi-yu, menga bir marta er ostidan tik qarashga jazm etdi va darhol fikrini aytdi.
— Men sizning aurangizga kira olmayapman!..
Shu gapining o‘zi domla qanchalar ojizligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Xalqda issiq-sovuq qiladigan jodugarlarni ikki toifaga ajratishgan. Birinchi toifaga isitadiganlari kiradi. Ularga nisbatan fol va joduga ishonuvchilar yaxshi ko‘z bilan qaraydi. Ikkinchi toifa bu sovutadiganlar. Bu qora jodu deb yuritilib, jodugarlar ko‘pincha bir odamdan ikkinchi odamni sovitish uchun mijoz aytgan odam aurasiga, biomaydoniga kiradi va o‘z nog‘orasiga o‘ynata boshlaydi. Albatta, o‘sha odamning biomaydoni jodugarnikidan ojizroq bo‘lsa-da, bu niyatga etishi mumkin. Afsuski, ko‘pchilik odamlarning aurasi past. Sababi, ular ruhiy etuklikka eltuvchi mashg‘ulotlardan bexabar, kitob, gazeta-jurnal o‘qishmaydi. Eng asosiysi, e’tiqodi past. Olloh bandalarni ilm darajasiga, e’tiqodi past-balandligiga qarab himoya chizig‘i belgilaydi. Shu asosda bandalarini tashqi ta’sirlardan asraydi.
Jodugar esa shu kamchilikdan foydalanib, odamni o‘limgacha olib borishga intiladi. Qora jodu bilan shug‘ullanadiganlar mijoz talabiga ko‘ra, nafsini deb mo‘ljalga olingan odamning ko‘rpa-to‘shagiga, yo ostonasiga qabriston tuprog‘ini septirish, yoki suratini qabristonga ko‘mdirish va shu kabi usullar yordamida ikki tomonning yovuz niyatini amalga oshirishga intiladi. Lekin bularning barchasi bidat ekanini unutmaslik kerak. Iblis odamni o‘ldirish, yoki ruhiy xastaga aylantirish kabilarga qodir emas. Negaki, bu banda Yaratganning himoyasida turibdi. Agar shu bandasi kuchli himoyaga ega bo‘lsa, qilingan jodu o‘sha yomon niyatda jodugar huzuriga kelgan odamga va jodugarning o‘ziga qaytadi. Olloh shu qadar qudratli va adolatli. Shunday ekan, birodarlar, garchi Qur’on suralarini o‘qisa ham jodugar, folbin, duoxon domlalarga ishonmang. Bilingki, Ollohning amrisiz tikon kirmaydi. Salomat bo‘ling!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi