19:44 / 20.06.2017
9 387

Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?

Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?
Sarimsoq juda foydali bo‘lgani uchun zamonaviy pazandalikda keng qo‘llanila boshladi. Uning tarkibidagi mikroelementlar va vitaminlar organizmda immun tizimining rivojlanishiga yordam beradi.

Afsuski, bu kichkina bo‘lsa ham juda nozik muammoni — sarimsoq hidini hosil qiladi. Bu yoqimsiz hodisadan qanday qutulish mumkin?

Muammoni hal qilishga yordam beruvchilardan birinchisi – bu tish iplari. U tishlar orasidagi ovqat qoldiqlarini tozalashga imkon beradi – va shunda hid paydo qiluvchi bo‘lakchalarning katta qismi yo‘qoladi.

Yaqinda eyilgan ovqat parchalarining to‘planib qolish miqdori bo‘yicha navbatdagisi til hisoblanadi. Uni maxsus kurakcha yordamida tozalash yoki eng osoni og‘izni suv bilan chayqash yoki saqich chaynash ham mumkin.

Chayqovchi balzamlar yoki maxsus nafasni tozalovchilar ham yoqimsiz hid muammosini bartaraf etishga yordam beradi, lekin ularning samarasi tish iplari va saqichlarga qaraganda kamroq bo‘ladi.

Og‘izdagi sarimsoq hidini nima bilan ketkazish mumkin?

Boshqa biror narsa eyish. Bu variant juda oddiy va uni yaxshisi bevosita sarimsoqli taomdan keyin qo‘llagan ma’qul.

Sarimsoq hidini ketkazuvchi oziq-ovqatlar – bu kartoshka va sabzi hisoblanadi. Ular nafaqat og‘iz bo‘shlig‘idagi, balki hazm qilish yo‘llaridagi hidlarni ham shimib oladi, bu yengil kekirish natijasida paydo bo‘ladigan yoqimsiz hidlarning ham kelishining oldini oladi.

Shuningdek, sarimsoq iste’mol qilgandan keyin suyuqlik ichish ham foydali. Limonad, tarkibida limon kislotasi bo‘lgan har qanday sharbatlar va oddiy suv hidni yo‘qotishga yordam beradi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?