Psixologlarning aytishicha, inson sevib iste’mol qilayotgan mevalar uning fe’l—atvorini ochib berishimumkin ekan. Xo‘sh, siz qaysi mevani yaxshi ko‘rasiz?
Qovunsevar insonlarni yo‘rig‘ingizga yurgizaman, deb xomtama bo‘lmang. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarda ular dovyurak insonlar, deb topilgan. Shuningdek, boshqalarning ta’siriga ham tushib qolishmaydi. Bundaylarning fe’l-atvori mustahkam qo‘rg‘onga o‘xshaydi. Qancha harakat qilsangiz ham, o‘zgartira olmaysiz. Ammo ular saxiy, olijanob bo‘lib, sayohat qilishni yaxshi ko‘radi.
Tarvuzni sevuvchilar o‘tgan umriga kamdan-kam afsuslanadi. Barcha xatolarni o‘zlari bilib qiladi, tez xulosa chiqaradi va hech qachon afsuslanmaydi. Hayotda anchayin tavakkalchi bo‘ladi.
Qulupnayni yoqtiradiganlar quvnoq, samimiy, xushmuomala, odamlar bilan tez til topishadigan bo‘ladi. Bashang, chiroyli kiyinishni yaxshi ko‘radi. Biroz hasadgo‘y. Ko‘pincha ichki sezgiga tayanib ish ko‘radi.
Shaftolini sevib iste’mol qiluvchilar doim atrofdagilar diqqat markazida bo‘ladi. Do‘stlari ham ko‘p. Yashirin harakatlarini ko‘rmaysiz. Ba’zida ularning hazil va chinini ajratish qiyin. Mag‘rur bo‘lishiga qaramay, oson kechiradi. Ammo nafsoniyatiga tekkanlarga munosib javob qaytarmay qo‘ymaydi. Ular sofdil va ishonchli bo‘ladi.
Limonni xush ko‘ruvchilar ko‘proq ko‘ngilga quloq soluvchi, juda rahmdil bo‘ladi. Boshqalarning o‘zi haqidagi tanqidini ko‘tara olmaydi. Bundaylar «gunohkorlar albatta, jazosini oladi», degan fikrga tayanib ish ko‘radi. Ular melanxolik fe’l-atvorga ega insonlar toifasiga kiradi.
Xurmo mevasini xush ko‘ruvchilar har qanday sharoitga moslashuvchan, sabr-matonatli, kuchli insonlardir. Hech qachon shoshib ish qilmaydi, qiyinchiliklardan aslo qo‘rqmaydi. Atrofdagilar bilan tez munosabatga kirishuvchan insonlardir.
Gilosni sevuvchi kishilarning hayoti doim ham bir tekisda kechmaydi, past-balandliklardan iborat. Ularning tasavvuri keng va hamma ishda ishonchli hamkor sanalishadi. His-tuyg‘ular asiri bo‘lishni umuman xushlamaydi.
Uzumni yoqtiradiganlar yolg‘izlikda o‘zini yaxshi his qiladi, his-hayajonga tez beriluvchan bo‘ladi. Lekin muloqotga kirishuvchandir. Ko‘pincha mashhurlikka erishadi. Hayotining har bir kunidan quvonch topa oladi. Kutilmagan sovg‘alarni yoqtiradi.
Olmani sevuvchilar g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Favqulodda holatlarda ichki sezish qobiliyati ishga tushib, yomon hodisalardan himoyalanadi. O‘zi uchun barcha imkoniyatni ishga solmasligi mumkin, ammo jamoaga etakchilik qilishda ularga etadigani topilmaydi. Juda g‘ayratli insonlar toifasiga kiradi va barcha muammolar echimini tezda topadi.
O‘rikni ko‘p iste’mol qiluvchilar erkinlikni xush ko‘ruvchi, birovdan yaxshilikni ayamaydigan insonlar bo‘ladi. Erkinligiga xalal beradigan har qanday kishiga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Atrofdagilarni ishontirish qobiliyati kuchli rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, ular ijodkor, ichki dunyosiga faqat eng yaqin kishilarinigina kiritadigan bo‘lishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi