17:02 / 24.06.2017
7 441

Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi

Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi
Hurfikrli qarashlar, yolg‘izlikni va tungi yashash tarzini sevish. Bular va boshqa xususiyatlar siz boshqalardan ko‘ra aqlliroq ekanligingiz haqida aytishi mumkin.

1.Yolg‘izlikni sevish
Evolyusion psixolog Satosi Kanadzavaning yana bir kashfiyoti: aqlli kishilar do‘stlari bilan kamroq uchrashsalar o‘zlarini baxtliroq his qiladilar. Shunisi qiziqki, ko‘pchilik kishilar uchun hammasi aksincha: ular oshnalari bilan qancha tez-tez muloqot qilib tursa, o‘zlarini shuncha yaxshi his qilishadi.
Bunday qarama-qarshi haqiqatning sababi yaqqol ko‘rinib turibdi. Aql-idroki yuqori bo‘lgan odamning fikri ko‘proq murakkab vazifalar va loyihalarga qaratilgan, do‘stona o‘tirishlar esa ularni faqat chalg‘itadi.

2.Tungi yashash tarzi
Oldingi banddagidek, Kanadzavaning faraz qilishicha, aqlli kishilarning kun tartibi oldindan qabul qilingan kun tartibidan tubdan farq qiladi. Ya’ni, bizning ajdodlarimiz sutkaning yorug‘ vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qilishgan va qorong‘i tushishi bilan uxlashga yotishgan, hozir esa yuqori aql-idrok sohiblari bunday odatga amal qilmaydilar.
Ruhshunoslar tomonidan olingan ma’lumotlar bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Kechroq uxlaydigan va turadigan kishilar erta turuvchilarga qaraganda aqlliroq bo‘ladilar.

3.Ishonishga moyillik
2014 yilda e’lon qilingan tadqiqotlar yuksak aql-idrok odamlarga ishonish qobiliyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu erda gap nafaqat qarindoshlar va do‘stlar, balki jamiyatning boshqa vakillari to‘g‘risida ham bormoqda.
Buning ma’nosi shuki, aqlli odamlar ishonish mumkin bo‘lmagan odamlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq taniydilar. Shuning uchun boshqalarga ularning ko‘ngli ochiq.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi