Tirnoqlar insonning jismoniy salomatligiga doir ba’zi muammolarga ishora qilishi mumkin. Tirnoqlar orqali sog‘lig‘ingiz haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, ularning tabiiy rangi va shakliga e’tibor qaratish lozim. Bu haqda "Ortodoks" tibbiy portaliga tayanib «Kun.uz» sayti ma’lum qildi.
Sarg‘ish tirnoqlar inson sog‘lig‘ida muammolar borligidan dalolat beradi. Bunday tirnoqlar o‘pka va jigar kasalliklari, shuningdek qandli diabetga ishora qiladi. Psevdomonad onixiya - Pseudomonas aeruginosa bakteriyasi natijasida yuzaga keladigan kamyob kasallik bo‘lib, suv yoki tuproqda yashaydi. Agar bakteriya tirnoq atrofiga o‘rnashgan bo‘lsa, tirnoq o‘sgach, u yashil-ko‘kish pigment hosil qiladi.
Agar tirnoqlarda qora chiziqlar bo‘lsa, bular odatda melanoma, terining xavfli o‘simtasiga shubha uyg‘otadi. Tirnoqlardagi oq dog‘lar organizmga vitamin va mikroelementlar etishmovchiligi natijasidir.
Tirnoq plastinasi tuzilishining o‘zgarishiga qarab ham ba’zi belgilarni ilg‘ash mumkin. Tirnoqlardagi mayda chuqurchalar tirnoq psoriazi kabi teri kasalliklarining yuzaga kelishi ehtimolidan darak beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...