Agar siz haqiqiy brendli krossovkalarni internet-do‘konlardan izlayotgan bo‘lsangiz, pullaringizni sifatsiz qalbaki mahsulotga sarflashingiz ehtimoli bor. Shuning uchun to‘lashdan oldin krossovkani va uning qutisini sinchiklab ko‘rib chiqing.
Qutisi va yorlig‘i
Ko‘pincha qalbaki krossovkalarning qutilari g‘ijimlangan yoki yirtilgan bo‘ladi. Chunki qutini yasashda ishlatilgan karton qog‘oz juda yupqa va arzon bo‘ladi.
Shuningdek molning o‘lchami va raqami yozilgan yorliqqa ham e’tibor bering. Agar u qiyshiq joylashgan va xato yozilgan bo‘lsa, demak siz qalbaki molga duch kelgansiz.
Rangi
Qalbaki buyumlar ko‘pincha haqiqiy brendlar tomonidan hech qachon ishlab chiqarilmagan g‘ayritabiiy ranglarda va bezaklarda bo‘ladi.
Agar krossovkalar o‘zining rangi va bezaklari bilan sizni hayron qoldirgan bo‘lsa, bunday model haqiqatan ham ishlab chiqarilganmi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ring. Buni internetdan izlab ko‘rishingiz ham mumkin.
Tekshirib ko‘rish zarur bo‘lgan bir nechta bandlar:
- Tikilishi. Ba’zi qalbaki krossovkalarda choklar notekis yoki umuman chekkaga chiqib ketgan bo‘ladi.
- Materiallar. Ishlab chiqaruvchining saytida e’lon qilingan materiallar bilan mos kelishini tekshirib ko‘ring.
- Qismlari. Logotiplari joyida ekanligini va qiyshiq joylashtirilmaganini tekshirib ko‘ring.
- Hidi. Ko‘pincha qalbaki krossovkalar sifatsiz materiallardan qilingani uchun o‘tkir hid qalbakiligini tasdiqlovchi yaxshi belgi bo‘lishi ham mumkin.
- Tilchasi ustidagi ishlab chiqarilgan yili. Qalbaki krossovkalarda ba’zan ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatishadi.
Manba: «Daryo» nashri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi