Ertalab uyqudan uyg‘onish qanchalik murakkab ekanini har bir inson biladi. Budilnik (uyg‘otadigan soat)ni “yana besh daqiqaga” o‘tkazishni ko‘pchilik amalga oshiradi.
Nima uchun budilnikdagi vaqtni uzaytiramiz
Tana biz uyg‘ongunimizga bir soat qolganda tabiiy ravishda uyg‘onishga tayyorgarlik ko‘radi. Asta-sekin harorat ko‘tariladi, kortizol ishlab chiqariladi. Agarda har kuni turli soatlarda budilnik bo‘yicha uyg‘onsak, organizm turishga tayyor bo‘la olmasligi mumkin.
Budilnik bizni chuqur uyqu holatidan, tana harorati past bo‘lgan paytda “chiqarib oladi”.
Aynan shuning uchun tashqarida sovuq va yomon ekani haqida tasavvur paydo bo‘ladi, to‘shak esa – dunyodagi eng iliq va qulay joy bo‘lib ko‘rinadi.
Karavotni tark etmaslik uchun budilnikdagi vaqtni 15–20 daqiqaga, keyin esa yana 10 daqiqaga uzaytiramiz. Natijada tongning o‘zida bir necha marotaba uyg‘onamiz.
Bu nimaga olib keladi
Yana ozgina uxlab olsak, o‘zimizni yaxshi his etamiz, deb umid qilamiz. Biroq uyqu bosqichlarida bunday arifmetika ish bermaydi. Soatni yarim soatga uzaytirib, yana uxlab qolib, chuqur uyquda bo‘lamiz. Budilnik esa tayyogarliksiz uyg‘onish lozim bo‘lgan paytda ishlab ketadi, organizm nima ro‘y berayotganini tushunmaydi. Endi karavotdan turish yanada qiyin bo‘ladi.
Uyqu inersiyasi mexanizmi ishlab ketadi: biroz sekinlashish, kuchsizlik va boshda og‘riq paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik buni tonggi oddiy holat sifatida qabul qiladi. Biroq bunday emas va tongni yanada yaxshiroq kayfiyatda qarshi olish mumkin.
Tongda yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onishni qanday ta’minlash mumkin
Engil uyg‘onib, soatni uzaytirmaslik uchun o‘zingizning ichki soatlaringizni sozlang.
Organizm uyg‘onish vaqti qachon ekanini bilsa, unga avvaldan tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
Har kuni bir vaqtda turing (har bir daqiqa ahamiyatga ega). Soatni uzaytirmang, yana 10 daqiqa uxlab olishga harakat qilmang. Esingizda tursin, bu sizga yaxshi kayfiyat bera olmaydi, aksincha, ahvolingizni qiyinlashtirib, uyqu inersiyasini chaqiradi.
Xulosa
Hatto belgilanganidan kamroq uxlasangiz ham, uyg‘onishingiz bilan karavotdan turishingiz muhim. Yana bir necha daqiqa uxlab olishning uddasidan chiqib bo‘lmaydi, organizmni aldash mumkin emas. Yaxshisi, iliq dush qabul qiling yoki issiq choy iching – bu tonggi vaqtlarda tana haroratining pasayishi bilan bog‘liq yomon kayfiyatni yo‘qotishda yordam beradi.
Har kuni bir vaqtda uyg‘onishga tayyorlaning, hattoki dam olish kunlari ham jadvaldan chetga chiqmang. Ikki-uch haftalik amaliyot – hamda siz ichki soatlaringizni sozlaysiz.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi