Er va ayol turmushda uzoq yillar davomida baxtli hayot kechirib kelishgan. Ularning bir biridan hech qanday siri bo‘lmagan va ular har doim o‘zaro ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlashib kelishgan. Ayoli eridan faqat bitta narsani, — «shkaf ustida turgan eski oyoq kiyimdan qolgan qutichani ochib qaramasligini» iltimos qilgan ekan.
Eri ham hech qachon turmush o‘rtog‘idan qutichaning ichida nima borligini so‘ramagan. U qutichaning ichidan ayollarga ta’lluqli narsa bor bo‘lsa kerak degan taxmin bilan yurgan.
Bir kun kelib ayol qattiq betob bo‘libdi. Shunda ayol eridan boyagi qutichani unga shifoxonaga olib kelib berishini so‘rabdi. Sababi qutichani ochish va undagi sirni aytish vaqti kelibdi.
Eri uyiga kelib qutichani qidirib topadi va uni ochadi. Ochsa quticha ichida ikkita qo‘ldan to‘qilgan qo‘g‘irchoq va 95.000 AQSh dollari turgan bo‘ladi.
Bu qanday qilib? Qaerdan shuncha …..?! Buncha katta summadan eri ancha vaqt o‘ziga kela olmabdi.
Shunda ayoli – “Biz turmush qurishimizdan avval, buvim menga hech qachon turmush o‘rtog‘im bilan bahslashmaslikni, agar qachonki men turmush o‘rtog‘imdan xafa bo‘lsam, unga hech gap qaytarmasdan o‘tirib qo‘g‘irchoq to‘qishimni nasihat qilgandilar”.
Eri juda xursand bo‘ldi, sababi qutichada atigi ikkita qo‘g‘irchoq bor edi. “50 yil birgalikda o‘tkazgan hayotimiz davomida bor yo‘g‘i ikki marta mendan xafa bo‘lgan ekansiz” – dedi va ayolini bag‘riga bosib unga rahmat aytdi.
— Pullarchi, pullar qayerdan keldi? – so‘radi eri.
— Pullarmi? – jilmayib javob berdi ayol. Bular sotilgan qo‘g‘irchoqlardan yig‘ilgan pullar.
Baxtli turmush kechirish uchun oilada ayol kishining donoligi qanchalik muhim ahamiyatga ega. Ayol kishining oilada o‘zini tutishi bu haqiqiy baxtli turmushning asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Bu hikoyadan yana qanday xulosa chiqazish mumkin? Nima deb o‘ylaysiz?
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»