Entrepreneur jurnalining «Yosh millionerlar» loyihasi ishtirokchisi, millioner va biznesmen Deniel Elli millioner bo‘lishni istasangiz, ma’lum bir qoidalarga amal qilishingiz lozim deb hisoblaydi. Millioner bular qaysi qoidalar ekanligi haqida hikoya qiladi, deb yozadi «Daryo» nashri manbaga tayangan holda.
Dunyoning turli burchagidagi odamlar mendan qanday qilib millioner bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar so‘raydi. Ular turlicha tarbiya, diniy e’tiqod va teri rangiga ega bo‘lgan, turli yoshdagi odamlardir. Ular pullarni asosiy maqsadlariga erishishda yordam beruvchi resurs deb hisoblaydi.
Biroq aksariyat odamlar million dollar ishlab topishni istamaydi. Ular million dollar sarflashni istaydi. Ular pullarning o‘zi ularni baxtliroq qiladi deb o‘ylaydi va millioner bo‘lish uchun intilish yo‘lining o‘zi haqiqiy quvonch va mamnuniyat hissini uyg‘otishini tushunmaydi.
Mendan tez-tez «Millionga tomon yo‘l olgan odamga biror tavsiya berasizmi?», deb so‘rashadi. Tavsiyalarim bor! Quyidagi o‘nta qoidaga amal qilsangiz, ular sizni to‘g‘ri yo‘lga olib chiqadi.
1. Pul uchun ishlamang
Agar siz faqat pul uchun ishlasangiz, pullar siz uchun ishlamaydi. O‘z ko‘nikmalaringizni rivojlantirish ustida ishlashingiz to‘g‘riroq. Pul topish — ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishning qo‘shimcha mahsuli xolos. Professionallik darajangiz qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiy pillapoyada shuncha balandroqqa ko‘tarilishingiz mumkin.
Pul uchun ishlaydiganlar ularning quliga aylanib qoladi. O‘z ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishlaydiganlar pullarni nazorat qilishni ham o‘rganadi, chunki pul bilan muomala qilish ham bir ko‘nikma hisoblanadi. Mahorat — birinchi galdagi vazifa. «Men o‘n ming zarba ustida ishlagandan emas, bir zarbani o‘n ming marta pishitgandan qo‘rqaman», — degan edi Bryus Li.
2. O‘quvchiligingizcha qoling
Meni tushuncham bo‘yicha o‘qimishli inson o‘zidagi bilimdan qanday foydalanishni biladigan insondir. Juda boy bilim to‘plagan insonlar ko‘p, biroq ular ushbu ko‘nikmalaridan qanday foydalanishni bilmaydi.
Har kuni o‘rgangan narsalaringizni bloknot yoki kundaligingizga yozib boring. Hafta davomida yozib borgan qaydlarim o‘nlab sahifani to‘ldiradi. Hafta oxirida ularni o‘rganib chiqaman va «Hafta davomida nimalarni o‘rgandim?» degan savolni beraman. Konferensiyalarda 1200 martaga yaqin chiqish qilganman, ularda atigi uch foizga yaqin odam yozib boradi.
3. Uch foiz insonlarni hisobga olib ish tuting
Siz taklif qilayotgan narsalar haqiqatda kerak bo‘lgan odamlar dunyoda uch foizni tashkil etadi, xolos. Aynan shu uch foizni hisobga olib ish tusangiz, haqiqatda badavlat insonga aylanishingiz mumkin. Nisbat quyidagicha: siz 100 kishiga murojaat qilsangiz, ulardan 70 nafari qiziqish bildirishi mumkin, 30 nafari savollar bilan murojaat qiladi, 10 nafari siz taklif qilgandan ko‘proq narsa kutadi va bor-yo‘g‘i uch foizigina sizni haqiqatda yoqtirib qolishga qodir. Ular sizning haqiqiy muxlislaringiz. Sizning vazifangiz — ularga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish.
Sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha yaxshi ko‘radigan odamlar haqida o‘ylang. Ular siz kutganingizdan ko‘ra ko‘proq. O‘sha uch foiz ortingizdan butun umr ergashishga tayyor. Ular brendingizni ilgari surib, u haqda tanishlariga hikoya qiladi. Vaqt o‘tishi bilan ana shu uch foiz ishonish qiyin bo‘lgan ko‘lamgacha o‘sadi.
4. Ortga qaytuvchi munosabatni o‘zlashtiring
Bu munosabatni kim bildirayotgani — o‘sha uch foizmi yoki qolgan 97 foiz — bu muhim emas. Bu saboqlarga quloq tuting. Ular ko‘pincha natijalaringizni kuchaytirish va oshirish imkonini beradi. Ulardan mahsulotingizni sinovdan o‘tkazish va sayqal berish uchun foydalaning. Bu mukammallikka intilish kishilarni millionerga aylantiradi.
5. O‘zingiz uchun qulay doiraga kiring
Muvaffaqiyatsizlik — juda noqulay narsa, biroq ko‘pchilik odamlar unga bardosh bilan munosabatda bo‘ladi. Ular aslida yashashni istamagan uyda yashashga ko‘nadi, haydash yoqmagan mashinalarni xarid qiladi, o‘zini qanoatlantirmaydigan maosh uchun ham ishlashga rozi bo‘ladi. Muvaffaqiyat tomon intilish esa oson, yoqimli va juda qulaydir.
Men qilayotgan ish juda yoqimli. Biroq hammasi odamlarni tekinga ilhomlantirishdan boshlangan. Siz uchun yoqimli doiraga kirishning yagona usuli, sizga yoqqan ishni tekin bajarish. Pul uchun ishlashni bas qiling, ko‘nikmalaringizni rivojlantiring va hech kim buning uchun haq to‘lamasa ham yoqtirgan ishingizni qiling. Yaqin vaqt ichida ular orqali pul topish yo‘li ham chiqadi. Faqat shu yo‘l bilan hayotdan zavqlanish mumkin.
6. Hamma joyda bo‘ling
Yangi mingyillikda internet paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i, hamma joyda, jumladan, o‘zgalarning cho‘ntagida (smartfonni nazarda tutyapman) hozir bo‘lish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘ldi. Biroq siz kontentingizni to‘g‘ri boshqarib, ushbu platformalarda muxlislarni jalb qilishni o‘rganishingiz lozim.
O‘rtacha odam ijtimoiy tarmoqlarda ikki soat vaqt sarflab, bir necha hafta ichida minglab odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishi mumkin. Millioner bo‘lishni istasangiz, millionlab kishilar e’tiborini qaratish usulini topishingiz kerak. Bugun ijtimoiy tarmoqlar — ularga xabaringizni etkazishning eng tezkor usuli.
7. Muvaffaqiyatni ortga surmang
«Soliqlarni to‘lab bo‘lguncha kutib turaman. Bolalar maktabni tugatguncha kutaman. Lavozimimni oshirishguncha kutaman». Kishilarning bu kabi gaplari tez-tez qulog‘imizga chalinadi. Bunday o‘z-o‘zini oqlashlar juda ko‘p — ularning barchasiga kishilarning muvaffaqiyat oldidagi qo‘rquvi sababchi. Ular o‘zingizni chalg‘itish va rejalaringizni barbod qilish imkonini beradi.
Muvaffaqiyat esa undan chalg‘iydiganlarga dosh bermaydi. Omadni bugunoq mahkam tutib olish kerak. Keyingi hafta, oy va yilni kutish kerak emas. Omad kutib turmaydi. Millioner nima istashini biladi va har qanday vaziyatga qaramasdan, unga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
8. Maqsadlaringizga tuzatish kiriting
To‘g‘ri maqsadlarga ega insonlargina millioner bo‘ladi. Pul topishni maqsad qilib qo‘yish, yuqorida aytganimdek, muvaffaqiyatingizni ko‘mishni anglatadi. Bunday maqsad kishilarni boshqa imkoniyatlarni ko‘rish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Boshqa odamlar ham sizning niyatlaringizga e’tibor qaratadi. Ular siz nimaga intilayotganingiz va ulardan nima istashingizni bilishni xohlaydi. Bu tabiiy mexanizm ularni noxush hodisalardan asraydi, ularga xavfsiz muhitda bo‘lish imkonini beradi. Kishilar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish davomida maqsadlaringizni ular bilan bo‘lishing, munosabatlarni o‘zaro do‘stlik asosida quring.
«Biror narsani oddiy so‘zlar bilan tushuntirib bera olmasangiz, o‘shani etarlicha tushunmasligingizni anglatadi», — degan edi Eynshteyn.
9. Originallikka intiling
Raqobat ko‘pchilikni cho‘chitadi. Ular o‘z sohasida mutaxassislar ko‘p ekanligini yaxshi biladi va astoydil harakat qilmaydi. Biroq mutaxassislar juda ko‘p bo‘lgan bunday bozorlarga e’tibor bilan qarasangiz, ulardan aksariyati soha etakchisidan nusxa oluvchi dublikatlar bo‘lib chiqadi.
Aynan sizga o‘xshash odamlar mavjud emasligini unutmang. Siz qila olgan narsa boshqalarning qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun o‘zingizni boshqalar bilan taqqoslamang.
10. Odamlarning hayotini yengillashtiring
Millioner bo‘lish uchun boshqalarning hayotini imkon boricha yengillashtirishga intilish lozim. Ularga etkazmoqchi bo‘lgan narsalaringizni murakkablashtirmang, odamlar oson tushunadigan qilib etkazing. Kishilar biror narsani tushunmasa, ko‘pincha siz bilan ishlamaydi.
Maqolalarimni yozishda ularni sakkizinchi sinf o‘quvchilari tushunishini istayman. Bir necha oy avval faqat Yahoo’da yangiliklarni o‘qiydigan ayol matnlarimni duch keldi va bir necha kun ichida yuzdan ortiq maslahatimni o‘qib chiqdi. Shundan so‘ng ishdan bo‘shadi. Bugun uning shaxsiy biznesi bor. Odamlar hayotini yengillashtirganingda ana shunday narsalar yuz beradi.
Bu qoidalarni muntazam qo‘llasangiz, natijaga erishasiz. Biroq buning uchun o‘zingizga ishonishingiz va tavakkal qilishingiz kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar