Zamonaviy jamiyat o‘z qoidalarini o‘tkazishi natijasida yosh muvaffaqiyatning ajralmas qismlaridan biri deb hisoblanadi. Muayyan vaqtda odam o‘z tug‘ilgan kunini ijobiy hodisa deb bilmay qo‘yadi. Tavallud topgan kunida kishi quvonish o‘rniga, uning boshida «behuda» sarflangan yillari, ishlab topilmagan millionlari va qandaydir quvonchli istiqbolning yo‘qligi haqidagi o‘ylar bong uradi. Hayot qo‘ldan boy berildi, deydi ko‘pchilik qirq yoshlilar. Ammo Trendymen aynan 40 yoshidan keyin muvaffaqiyatga erishgan kishilar haqida hikoya qildi.
Robin Cheyz Zipcar kompaniyasiga 42 yoshida, 2002 yilda asos soldi. Ammo tadbirkor ayolga bu ham kamlik qildi: 2011 yilda u boshqalarning startaplarini qurish va rivojlantirish uchun o‘z kompaniyasini tark etdi. Bundan tashqari, Robin Cheyz — Jahon iqtisodiy forumi a’zosi.
Evolyusiya nazariyasi muallifi Charlz Darvin 50 yoshigacha jiddiy kashfiyotlarni amalga oshirmagan. U barcha odamovi tadqiqotchilarga xos bo‘lgan tarzda hayot kechirgan. 50 yoshdan keyingina dunyodagi barcha odamlarning o‘z-o‘zlari haqidagi tushunchalarini abadiy o‘zgartirib yuborgan «Turlarning kelib chiqishi» kitobini chiqargan.
Professional figurachi va jurnalist Vera Vong 40 yoshga to‘lgan kuni o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. U moda sanoatini tanladi va bugungi kunda dunyodagi eng talabgir dizayner ayollardan biriga aylandi.
Juliya Chayld o‘z hayotining ko‘p qismini reklama, matbuot va jurnalistika bilan band qildi. Bu faoliyati unga na e’tirof, na huzur-halovat, na yaxshi daromad keltirdi. 50 yoshida ayol vaqtini o‘ziga yoqmaydigan narsalarga sarflashni bas qilib, sevimli xobbisi bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Natijada pazandalik reseptlari bitilgan ilk kitobiyoq Juliya Chayldni dunyoning eng taniqli bosh oshpazlaridan biriga aylantirdi.
Hozirgi vaqtda eng mashhur Gollivud aktyorlaridan biri bo‘lgan Semyuel L. Jekson uzoq yillar davomida unchalik ommabop bo‘lmagan filmlarda epizodik rollarni o‘ynab yurdi. 40 yoshida aktyorlik karerasi barbod bo‘lishiga ishonchi komil edi. Ammo bir-ikki yildan keyin Spayk Li Jeksonga mashhur «Changalzor bezgagi» filmidagi rolni taklif qildi: 42 yoshli aktyor shu zahoti Gollivud Olimpining eng cho‘qqisiga ko‘tarildi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...