21:39 / 15.08.2017
9 379

Munajjimlar bashorati: 16 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 16 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kayfiyat ham, salomatlik ham juda tobida bo‘ladi inshoollox. Shubhasiz, bu kechqurunga borib o‘z mevasini beradi. Asosiysi, mehnat qilishda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang. Moliyaviy masalada ba’zi to‘siq va muammolarga duch kelishingiz mumkin. Biroq bularni bartaraf etishning uddasidan chiqasiz. Oilali bo‘lsangiz, farzandlar tarbiyasi va ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish bilan jiddiy shug‘ullanmasangiz bo‘lmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bir nuqtaga tikilib ulkan orzular ummonida suzish sizga hech narsa bermaydi. Aksincha kuningiz ijobiy natijalarsiz va mazmunsiz o‘tishi tayin. Tabiatan kamgapligingiz ba’zilar bilan orangizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan janjallarga barham beradi. Siz ularni chetlab o‘ta olasiz. Xizmat safariga chiqish va tadbirkorlar uchun foydali shartnomalar tuzish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingizdan ham shikoyatingiz bo‘lmaydi. Ammo kechqurun sizni ommaviy tadbirga taklif etishmoqchi. Bormang. Salomatligingizga putur etadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
16 avgust kunning birinchi yarmidayoq daromadingiz ko‘payadi. Shuning uchun har qanday ko‘rinishdagi xaridlarni o‘ylanmasdan amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Professional ishingizda yangi hamkorlar topish bugun omadli kechadi. Shaxsiy hayotda biroz tanaffus qiling. Juftingiz bilan bir-biringizdan charchagansiz. Tanaffus yangi munosabatlarga yo‘l ochib beradi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugungi kuningiz ajoyib yangiliklar va yorqin hodisalarga boy bo‘ladi insholloh. Organizmingiz jismoniy zo‘riqishlardan juda charchagan ko‘rinadi. Ma’lum muddat nafas rostlang. Oila qurmaganlar yolg‘izlikdan xayolan nolimasdan harakat qilishlari lozim. Bugungi harakatingiz albatta o‘zini oqlaydi. Qalbingiz egasini topasiz. Oilalilarni esa kechqurun kutilmagan sovg‘alar hamda qarindoshlarning mehmonga kelishi kutadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Juftingizning ko‘ngliga ozor bermang. Rashk qilavermang, bu muhabbat va baxt kushandasidir. Moliyaviy ahvolingiz yomon bo‘lsa, sira tashvish tortmang. Kun davomida yo yaqin tanish, yo uzoqroq badavlat qarindosh sizga mo‘maygina pul tutqazadi. Ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz. Bugun jarohat olishingiz xavfi bor. Shunday ekan, uydan uzoqqa ketib qolmang. Yo‘llarda avtomobillardan o‘zingizni ehtiyot qiling. Salomatligingizni asrang, duch kelgan taomni iste’mol qilishdan tiyiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Aqliy mehnat kishilari va tijoratchilarning kuni tug‘adi. Ayniqsa aqliy mehnat kishilari bajargan ish rahbariyatga ma’qul tushib, katta miqdordagi mukofotga ega bo‘lishadi. Ijodkorlar bugun tanaffus qilib olishlari kerak bo‘ladi. Bu kelgusida yangi g‘oyalar o‘ylab topishingizga yordam beradi. Shaxsiy hayotingizda kichik ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi kutiladi. Tayyor turing. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatliklarini asrab-avaylashlari tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
16 avgust kuni zudlik bilan qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingizga to‘g‘ri keladi. Bu masalada tanish-bilish va do‘stlarga murojaat etishingiz mumkin. Reklama bilan shug‘ullanuvchilar bugun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishlari kutiladi. Janjal va bahsli vaziyatlarga faqat hazil-mutoyiba yordamida barham bera olasiz. Kechqurun taom iste’molida ehtiyot bo‘ling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun ilgari hal etilmay qolgan muammolarga barham berishingiz zarur. Agar qo‘shimcha bilim olishdan qochmasangiz, yaqin kelajakda yuqori lavozimlardan birini egallashingiz mumkin. Tadbirkorlar foydali shartnomalar imzolash holatlarini boshdan kechirishadi. Muhabbatda hali tanaffuslarga tayyor emassiz. Shunday ekan, og‘ir karvon kabi asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, oldinga intilavering. O‘zingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
16 avgustda tadbirkorlarni yangidan-yangi loyihalar kutadi. Ammo ularni hayotga tadbiq etishda do‘stlar yordamidan foydalanmasangiz bo‘lmaydi. Iloj qancha, yordam qo‘lini cho‘zganlarga keyinchalik dividend to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Bugungi kun siz uchun eng serdaromad kunga aylanishi mumkin. Demak, nihoyatda sergak turgan holda bironta ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Shaxsiy hayotda astoydil oldinga intiling. Sog‘liqni saqlang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yo do‘st, yo shunchaki tanishlardan biri sizga mo‘may daromad keltiruvchi ish taklif etishni mo‘ljallab qo‘ygan. Darhol rozi bo‘ling. Juftingiz bilan ertalab kelishmovchilik yuzaga kelish ehtimoli bor. Kunning ikkinchi yarmida esa xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Bu safar sizga ko‘zlangan daromadni ham hadya etadi. Kechqurun vaqtingizni oila davrasida o‘tkazganingiz ma’qul. G‘iybatchilar va hasadgo‘ylar bilan iloji bo‘lsa salom-alik ham qilmang. «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi», deb bekorga aytishmagan.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
16 avgust kuni qanday ishga qo‘l urmang, atrofdagilar maslahatiga albatta quloq tuting. Qalbingiz bugun sizga maslahatgo‘ylik qila olmaydi. Ayollar va qizlar kunning ikkinchi yarmida go‘zallik saloniga borib kelishsa ham ziyon qilmaydi. Moliyaviy masalada muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin tejamkorlikka baribir e’tibor qarataverishingiz kerak. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ertalabdanoq umumjamoa tarzida bajariladigan ishning asosiy qismini zimmangizga oling. Shunda rahbarlar qarshisida obro‘yingiz yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tariladi. Tijoratchilarning daromadlari ham bugun mo‘l bo‘lishi kutiladi. Oilaviy hayotda muammo bo‘lmaydi. Juftingiz va sizning orangizda mavjud qaynoq muhabbat yanada kuchliroq alanga olishi aniq.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 16 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..