Aslida baxt nimada? Nimalarga erishsak biz o‘zimizni baxtiyor his etamiz? Umrimiz davomida bu kabi savollar tez-tez xayolimizni band etib turadi. Ammo ko‘pincha yonginamizdagi, kundalik turmushimizdagi kichik-kichik baxt lahzalarini sezmay qolamiz. Baxtli hayot aslida ko‘plab mayda-chuydalardan iborat.
Barcha ish chappasiga ketganida yoki hayotingiz izdan chiqayotgandek tuyilganida quyidagi ro‘yxatga nigoh tashlang. Bular o‘zingiz bilan faxrlanishingiz uchun kichik-kichik bahonalar xolos.
1. O‘tayotgan oyning barcha hisob to‘lovlarini to‘lab bo‘ldingiz. Yana o‘zingizga sarflashingiz uchun biroz mablag‘ ortib ham qoldi. Bunday majburiyatlar qanchalik g‘ashingizga tegishi ahamiyatsiz, muhimi, ular mavjud va siz ularni bajaryapsiz.
2. Tayinli ishingiz, hunaringiz bor. Necha soat, qanday lavozimda faoliyat yuritishingizning ahamiyati yo‘q. Kun kechirish, boshpanangizda tong ottirib, ust-bosh kiyishingiz uchun pul topa olyapsiz. Bularning hammasi siz bir paytlar tasavvur qilganingizdek bo‘lmasa-da, buni fojia deb qabul qilmang. Siz o‘z erkinligingizni qadrlaysiz va o‘zingiz uchun o‘zingiz javob berasiz.
3. Yoqtirgan mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanishingiz uchun vaqtetarli. Hatto bu «mashg‘ulot» kechki taom va seriallardan iborat bo‘lsa-da, siz baxtli insonsiz!
4. Kechqurun qanday yegulik tayyorlasam ekan, deb tashvishlanmaysiz. Sovutkichingizda tayyor ovqat turibdi yoki omborchadagi mahsulotlar orasidan istaganingizni tanlash imkoniyati bor.
5. Yeyayotgan taomingizdan rohatlanasiz. Uni shunchaki kun kechirish vositasi emas, balki mazali yemak sifatida his etasiz. Axir bu ham bir baxt.
6. Ikkitagina bo‘lsa-da, yaqin, sirdosh do‘stlaringiz bor. Demak, siz baxtli insonlar qatoridasiz. Odamlar ko‘pincha tanish va do‘stlarning soni borasida qayg‘urishadi, ammo oxir-oqibat sonning kishilar o‘rtasidagi yaqinlik, qardoshlik, munosabatga ta’sir etmasligini tushunib yetishadi.
7. Bugun manzilingizga metroda borishga, bir finjon qahva ichish yoki mashinangizga yoqilg‘i quydirib olishga jazm etishingiz mumkin. Siz bu kabi ikir-chikirlarga hatto e’tibor ham bermaysiz-a?!
8. Siz endi bir yil oldingi odam emassiz. Siz o‘qiyapsiz, rivojlanayapsiz, qaysi masalalarda yaxshi, qaysi jihatlarda yomon tomonga o‘zgarganingizni tahlil etishga qodir baxtiyor kishisiz.
9. Vaqtingiz hammasiga yetadi. Demak, eng zarur yumushlardan ortib, yana biror ish bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Ehtimol, yaqin orada sevimli xonandangizning konsertiga tushgandirsiz. Yana bir yangi kitob o‘qigandirsiz yoki bir kunga bo‘lsa-da sayohatga otlanib, qo‘shni shaharni tomosha qilib keldingiz. Sutkada 24 soat ishlamaysiz, bu degani madaniy va ma’naviy hordiqqa ham vaqt topa olyapsiz.
10. Eng kerakli kiyimlaringiz bor. Qishda shapka va qo‘lqoplar to‘g‘risida g‘am yemaysiz. Yozning issiq kunlarida, hatto to‘y-hashamlarda egningizda yal-yal yonib turuvchi chiroyli liboslaringiz bor. Nahot, hali-hamon «baxtsizman» deyishga tilingiz aylansa?
11. Agar yoshlik paytingizga murojaat etish imkoni bo‘lganida o‘zingizga shunday degan bo‘lardingiz: «Biz buni bajardik, uddaladik, biz turmushning mashaqqatli chorrahalaridan birgalikda o‘tdik». Bugun barcha jarohatlaringiz o‘tmishda qoldi, o‘z yoshligingizga: «Kelajakda seni osoyishta hayot kutmoqda», deb bemalol ayta olasiz.
12. O‘z makoningiz bor. Bu dang‘illama hovli bo‘lishi shart emas. Bu kichkina xona, xonaning bir qismi, sevimli ishingiz bilan shug‘ullanish yoki dam olish uchun mo‘’jaz joy bo‘lsa bo‘ldi. Kim mitti olamingizning bir bo‘lagiga aylanishi mumkinligini siz hal etasiz. Bu yerni shaxsan o‘zingiz boshqarasiz.
13. Ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tdingiz. Bugun turmushning har qanday muammolarini dadil qabul qilasiz. Bu chigallikni o‘tmishdagi bardoshingiz yetmaydigandek tuyilgan mushkulliklar bilan taqqoslab ko‘ring. Endi sizda tajriba ham bor. Hayot yengillashgani yo‘qdir ehtimol, shunchaki siz bugun kechagidan aqlliroq, oqilroqsiz.
Ushbu o‘n uch sabab baxtingizni yanada to‘kisroq his etishingizuchun albatta, asos bo‘la oladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar