08:22 / 03.09.2017
6 545

Stiv Jobs: Agar omadsizlikka uchrashdan qo‘rqsangiz, hech narsaga erishmaysiz

Stiv Jobs: Agar omadsizlikka uchrashdan qo‘rqsangiz, hech narsaga erishmaysiz
Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsni texnologiyalar olamida juda hurmat qilishadi. Uning soha, umuman hayot haqidagi gaplari ko‘pchilikni ruhlantiradi. Xuddi shunday gaplaridan bir parchasi muhrlangan videoni quyida taqdim qilmoqchimiz. Unda Jobs shunday deydi:

Ko‘pchilik odamlar hech qachon so‘rab ko‘rishmagani uchun nimagadir ega bo‘la olmaydilar. Men qachondir yordam so‘raganimda, hech kim rad etmagan. 12 yoshligimda Bill Hyulett (HP — Hewlett Packard kompaniyasi asoschisi)ga qo‘ng‘iroq qilganman. U Palo-Altoda yashardi va telefon raqami ma’lumotnomada bor edi. U shaxsan o‘zi telefonni ko‘targan va:

— Ha? – deb javob bergan. Men esa:

— Salom, men Stiv Jobs, 12 yoshdaman. Yuqori sinfda o‘qiyman va elektron chastotomer yasamoqchiman. Sizda bu uchun ehtiyot qismlar topilmaydimi, deb so‘ramoqchi edim, – deb aytganman.

U kulgan va ishim uchun ehtiyot qismlarini taqdim etgan. Shuningdek, yozda Hewlett Packard kompaniyasida ishlash imkonini ham bergan. U yerda elektron chastotomer uchun bolt va gaykalarni yig‘ish konveyerida qotirganman. U kompaniyasining ishlab chiqarish joyida menga ish bergandi. Men jannatda edim…

Va men qo‘ng‘iroq qilganda, yo‘q deb telefon gushagini qo‘yib qo‘ygan odamni hech qachon uchratmaganman. Men shunchaki so‘raganman. Odamlar ham mendan nimanidir so‘rashganda, qarzimni qaytarish uchun shunday yaxshi javob berishga harakat qilaman.

Ko‘pchilik odamlar telefonni umuman ko‘tarishmaydi va qo‘ng‘iroq ham qilishmaydi. Ko‘pchilik esa so‘ramaydi va aynan shu nimadir bajarayotganlar hamda shunchaki orzu qilayotganlarni farqlab turadi.

Siz harakat qilishingiz kerak va omadsizlikka tayyor bo‘lishingiz zarur. Telefonda odamlar bilan gaplashishda, kompaniya tashkil qilishda — umuman hamma narsada butunlay omadsizlikka uchrashga tayyor bo‘lish kerak.

Agar omadsizlikka uchrashdan qo‘rqsangiz, hech narsaga erishmaysiz.

Manba: Like it

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Stiv Jobs: Agar omadsizlikka uchrashdan qo‘rqsangiz, hech narsaga erishmaysiz