08:36 / 03.09.2017
4 968

Kompaniyangizga zo‘r xodimlar to‘plashning 7 yo‘li

Kompaniyangizga zo‘r xodimlar to‘plashning 7 yo‘li
Kompaniyangizda kim marketing bilan shug‘ullanadi? Ishlab chiqarish bilan-chi? Kim rahbarning xonasini egallaydi? “Kim” so‘zi bilan mo‘jiza yuz beradi yoki muammolar kelib chiqadi.

MIF nashriyotida ismlar bilan shug‘ullanuvchi ekspertlar tomonidan yozilgan “Kim” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Quyida shu kitobdan olingan ideal nomzodlar topish bo‘yicha 7 ta maslahat berilgan.

1. Insonlarni katta maqsadli qiling

Omadga erishgan boshqaruvchilar 60 foiz vaqtlarini insonlar haqida o‘ylashga qaratadilar. Kishilarni o‘z oldiga yirik maqsadlar qo‘yishga o‘rgatib, siz o‘z jamoangizda kompaniyaning kelajagi uchun yuzaga keladigan ishonchsizlik, shubhadan himoyalaysiz. Ular bu maqsad ham bir oy o‘tib unutilib ketadi degan qarashga kelmaydilar.

2. O‘z tashkilotingiz haqida aniq tasavvur yarating va uni jamoada tarqatishga kirishing

“Biz professionallar bilan muvaffaqiyat qozonamiz”, “Biz g‘alaba qozonamiz, chunki mutaxassislarimizga butunlay ishonamiz” yoki “Bizning xodimlarimiz mijozlarga raqiblarimizdan ko‘ra yaxshiroq xizmat ko‘rsatishadi, chunki ular o‘z ishining ustalaridir” kabi chaqiriqlar ko‘pchilikka ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Shundan so‘ng, bu so‘zlarni amalda isbotlang va jamoangiz o‘zgarayotganini kuzating.

3. O‘z xodimlaringizni o‘rgatish uchun vositalarni ayamang

Lider jamoasidagi har bir kadr yaxshi tajribaga ega ekanligiga ishonishi va yanada bilimini oshirishiga yordamlashishi kerak.

4. Muvaffaqiyatga to‘siq bo‘luvchi har bir to‘siqqa xalaqit bering

Zo‘r xodimlar ishlaydigan jamoaga rahbar bo‘lishni istovchi kishi kadr tanlashda mutaxassislar bilan birga ishlaydi, har qanday siyosatni to‘g‘ri baholaydi, rivojlanishga halaqit beruvchi standartlar, odatlarga yo‘l bermaydi. Eskirgan metodlardan qochadi.

5. Mavjud o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi siyosatni amalga oshiring

Liderlar qo‘llangan barcha usullarga qaramay ijobiy tomonga o‘zgarmagan kadrlar bo‘yicha o‘z-o‘zlariga hisobot beradilar, zarur qadamlar haqida qayta-qayta o‘ylab ko‘radilar.

6. Jamoaning bir bo‘lagi bo‘lishni istamaydigan menedjerlardan xalos bo‘ling

Kema kapitanlari hech ikkilanmay bortda yaxshi ekipaj a’zosi bo‘lishni istamagan kishidan voz kechisharkan. Albatta, bunda bir qarorga kelishdan avval o‘z harakatlarini o‘zgartirish uchun kishiga to‘liq imkoniyat taqdim etish lozim, lekin bu uchun juda ko‘p vaqt berish ham yaramaydi.

7. G‘alabalaringizni nishonlang va yangi marralarni belgilang

Aqlli liderlar jamoaning yutuqlarini turli usullarda: shohona tushlik, ekskursiyaga chiqish yoki qimmatli sovg‘a ko‘rinishida albatta taqdirlaydi. Bu jamoani rag‘batlantirib, o‘z xohishi bilan kelgusi muvaffaqiyatlarga harakat qilishga chorlab qoladi.

Manba: Like it

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kompaniyangizga zo‘r xodimlar to‘plashning 7 yo‘li