23:47 / 17.09.2017
6 946

Hasadgo‘ylik omadsizlikka olib keladi…

Hasadgo‘ylik omadsizlikka olib keladi…
Britaniya Kolumbiyasi universiteti, Xorvard biznes hamda tibbiyot maktabi olimlari o‘zaro hamkorlikda antiqa tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqotlar hasadgo‘ylikka, aniqrog‘i, talabalar orasidagi shu zararli odatga bag‘ishlandi. Ma’lum bo‘ldiki, bir nuqtaga tikilgancha o‘tirib o‘zgalar ko‘proq muvaffaqiyatga erishayotgani, do‘stlari ham ko‘pligi haqida bosh qotiradiganlar, tushkun kayfiyat va alam yetagida qolganlarning o‘zlari tez orada battar muvaffaqiyatsizlikka uchrasharkan. Ya’ni, hasad hissi yurakda kuchaya borgan sari xojasini jarlik tomon yanada yaqinlashtirib borarkan. Buni tadqiqotlarda ishtirok etgan ko‘ngillilar ham amalda isbotlashdi. Olimlar so‘rovnomalar, tadqiqot natijalari va hayotdagi yagona haqiqatga suyangan holda shunday xulosaga kelishdi:

— Nafaqat talabalar, balki, hech kim hech qachon bir-biriga hasad qilmasligi kerak. Bu tuyg‘u avvalo ko‘ngil g‘ashligini, tushkunlik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Ushbu jarayon esa bora-bora diniy jihatdan yangicha tus oladi. Ya’ni, hasadgo‘y iblis yetagiga kiradi. O‘zini o‘zi yeya boshlaydi, o‘zgalarga faqat yomonlik tilay boshlaydi. Yaratgan esa undaylarni hech qachon kechirmaydi. Boshiga ko‘ngilsizliklarni shunday ag‘daradiki, bu bir umrga tatimasdan qolmaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hasadgo‘ylik omadsizlikka olib keladi…