13:10 / 19.09.2017
8 782

Olma sirkasidan ro‘zg‘orda foydalanishning siz bilmaydigan 13 ta usuli

Olma sirkasidan ro‘zg‘orda foydalanishning siz bilmaydigan 13 ta usuli
Olma sirkasi uyingizning yanada tozaroq, bog‘ingizning esa — serhosilroq bo‘lishiga yordam beradi.

Oshxonada
  • Sirka va suvni teng miqdorda aralashtiring. Mikrobga qarshi juda ajoyib yuvish vositasiga ega bo‘lasiz. Uni stollar, mikroto‘lqinli pech, plita va boshqa yuzalarni tozalashda ishlatishingiz mumkin.
  • Idish yuvuvchi mashina uchun ishlatiladigan yuvish vositasiga ¹⁄₄ piyola sirka qo‘shing. Sirka qahva va vinoning qoramtir dog‘larini tozalaydi.
  • Olma sirkasi shuningdek idish yuvadigan mashinani qasmoqlardan ham tozalaydi. Buning uchun uning ichidan hamma idishlarni chiqaring va mashinani ishlating. 2–3 daqiqa o‘tib mashinaning tagi suvga to‘lgandan keyin uning ichiga 1-2 piyola sirka qo‘shing.

Vannaxonada
  • Olma sirkasi vannadagi mog‘ordan qutulishga yordam beradi. Buning uchun suv qo‘shilmagan yoki biroz suv qo‘shilgan sirkadan foydalanish mumkin.
  • Agar oshxona yoki vannaxonada suv quvuri ifloslanib qolgan bo‘lsa, u yerga yarim piyola soda seping. Keyin bir piyoladan sirka va issiq suv quying. 15 daqiqadan so‘ng ko‘proq suv bilan yuvib yuboring.
  • Kir yuvish mashinasini tozalash uchun, kir yuvish kukuniga ikki piyola sirka qo‘shing. Keyin bo‘sh mashinani ishga tushiring.
  • Choyshablar toza bo‘lishi va bakteriyalarni yo‘qotish uchun kir yuvishda bir piyola sirka qo‘shing.

Xonada
  • Agar stol ustida sham izi qotib qolgan bo‘lsa, avval uni qirtishlab oling. Keyin stol yuzasini suv va olma sirkasi aralashmasiga ho‘llangan latta bilan artib oling.
  • Bunday aralashma yordamida deraza va devorlarni dog‘lardan tozalash mumkin.
  • Suv qo‘shilmagan olma sirkasi stol ustidagi qoramtir dog‘larni ketkazishga yordam beradi.
  • Sirkani ikki osh qoshiq tuz bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashma bilan gilamdagi dog‘larni arting, keyin esa changyutgich yordamida tozalang.

Bog‘da
  • Gulzorni yovvoyi o‘tlardan tozalash uchun, ularning ustiga olma sirkasini purkang.
  • Sirka — ajoyib o‘g‘it. 30 l suvga 300 g olma sirkasini aralashtiring. O‘g‘it bermoqchi bo‘lgan o‘simliklarni shu aralashma bilan sug‘oring.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olma sirkasidan ro‘zg‘orda foydalanishning siz bilmaydigan 13 ta usuli