Hayot murakkab. Kimdir unda boshini baland turib, hech kimdan biron narsa ta’ma qilmay yashasa, boshqalar istalgan yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga harakat qiladi.
Hayotni juda qiyin, deb nolishga shoshilmang. Zero, shu vaqtning o‘zida sizdan ming chandon ham og‘ir mushkulliklarga, sinovlarga duch kelgan odamlar bor ekanligi yodingizda tursin. Alloh harakat qilgan insonga rizqini berib turadi. Qimirlagan, halol mehnat qilgan odam borki, albatta buning rohatini ham ko‘radi.
Afsuski, shiddat bilan, shamolday yelib o‘tayotgan bugungi zamonda begonalar-ku mayli, biroq yaqinlarimizning holidan ham xabar ola olmayotganimiz bor gap. Turmush tashvishlari, turli yugur-yugurlarga aralashib qolib, o‘zimizga qadrli bo‘lgan insonlarni e’tiborsiz qoldirayotganimiz ham uchrab turadi.
Biroq, eng asosiysi – inson hayotda turli sinovlarga duch kelishi mumkinligini yodda tuting. Agarda, kimdir sizdan yordam so‘rasa, ishoning, u buni ming istihola bilan qilmoqda. Rad etishga shoshilmang - ertaga siz ham uning ahvoliga tushib qolishingiz mumkin...
Eng osoni – qayrilib ketish, biroq tushunish va yordam berish uchun esa haqiqiy qalb zarur. Azizlar, atrofdagilarga mehr va muruvvatli bo‘laylik!
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot