Ko‘pincha garnir uchun tayyorlangan guruch bo‘tqaga o‘xshab, yopishqoq bo‘lib qoladi. Go‘shtli, sabzavotli taomlaringizning ajralmas sherigini tayyorlash uchun quyidagi tavsiyalarimizga amal qilsangiz, yaqinlaringio‘ olqishlarga sazovor bo‘lishingiz shubhasiz.
1. Birinchi navbatda guruchni 20 daqiqa davomida sovuq suvda ivitib qo‘ying. Ivitilgan guruchning suvini to‘kib, chayasiz.
2. Suv va guruch miqdoriga qat’iy rioya qiling. Ya’ni guruch uchun suv 1:1,5 nisbatda bo‘lsin.
3. Guruchni pishirishga chog‘lanar ekansiz, unga, albatta, qaynoq suv soling.
4. Qopqog‘i mustahkam yopiladigan qozoncha guruch pishirish uchun juda mos.
5. Garnir uchun 12 daqiqa kifoya, undan ko‘p ham, kam ham emas. Birinchi 3 daqiqada qaynoq suv solib, qopqog‘i yopiq holda, baland olovda qaynating. Keyin 7 daqiqa davomida o‘rtacha olovda ushlab turing. Qolgan ikki daqiqada esa juda past olovda pishiring. Tayyor bo‘lgunicha qopqoqini aslo ocha ko‘rmang.
6. Tayyor guruchga yana 12 daqiqa davomida qopqog‘ini ochmay, dam bering. Vaqt o‘tganidan so‘ng, qo‘rqmasdan qopqoqni dast ko‘taring. Biroq qopqoqdagi suv guruchga tushmasin. Mana dona-dona guruch ham tayyor!
7. Guruch yopishib ketmasligi uchun tuzni iloji boricha kamroq soling. Tayyor bo‘lgandan so‘ng mayda tuzdan solsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
8. Tayyor guruchni ehtiyotkorlik bilan aralashtiring, ezilib ketmasin. Garnirga sariyog‘ yoki istalgan o‘simlik yog‘idan solib, dasturxonga tortishingiz mumkin.
9. Yana bir kichik sir, agar guruchga o‘zgacha ta’m bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz, unga suv o‘rniga go‘sht qaynatilgan sho‘rva soling.
10. Agar garnirni ko‘proq qilgan bo‘lsangiz, sira tashvishga tushmang. Uni yumaloqlab, yog‘da ta’b berib, guruchli kotletlar pishirishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi