17:51 / 04.10.2017
8 811

Hamma narsani eslab qolishning 6 ta samarali usuli

Hamma narsani eslab qolishning 6 ta samarali usuli
Sizda eslab qolish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bunga tan berib, xotiram yomon ekan, degan xulosaga kelishga shoshilmang, deydi kouch, Productivity Lessons blogi muallifi Mark Shid. Boshida barchada dastlabki ma’lumotlar deyarli bir xil bo‘ladi. Eslab qolishni o‘rganish uchun aynan o‘zingizga to‘g‘ri keladigan usulni tanlab olish kerak. Maqolada bunday usullarning eng qiziqarlilari bilan tanishishingiz mumkin.

Xatlar yozing

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qib-o‘rganishga kirishishdan avval 15—20 daqiqa davomida qayg‘uli xayollaringizni va mayda-chuyda ko‘ngilsizlaringizni eslab, qog‘ozga tushirsangiz, o‘qish samaradorligi keskin o‘sib ketadi. Gap shundaki, biz barcha salbiy narsalarni tekshirmay-netmay juda yaxshi eslab qolamiz, undan keyingi barcha axborotni ham miya «yomon» deb qabul qiladi, demak, ishonchli tarzda qayd etadi.

Tabiatni asrang

Michigan universiteti psxixologlari tabiatni kuzatish kognitiv funksiyani naq 20 foizga oshirishini aniqladi. Tabiat qo‘yniga chiqish shart emas, tabiat aks etgan fotosuratlarga 5—10 daqiqa qarash kifoya bo‘ladi.

Qattiqroq baqiring

Baland ovoz bilan aytilgan so‘zlar 10 foizga yaxshiroq esda qoladi. Har bitta so‘zni baland ovozda va dona-dona qilib talaffuz qilish kifoya.

O‘zingizga quloq tuting

Ma’lum bir axborotni o‘rgangach, uni diktofonga yozib oling. Uxlash paytida uni sekingina eshiting — uning sadosi ostida aynan uxlash kerak. Allaqachon tanish, ammo eslab qolish qiyin bo‘lgan narsalarni mustahkamlash uchun ajoyib usul.

Bir joyda o‘tirmang

She’r, darslik va ma’ruzalarni yodlash chog‘ida xona bo‘ylab aylanib yuring. Gap shundaki, yurish miya faoliyatini kuchaytiradi va sizning eslab qolish qobiliyatingiz ancha oshadi.

Muhitni o‘zgartiring

Agar bir kechaning o‘zida ikkita imtihonga (yoki majlisga) tayyorlanish kerak bo‘lsa, buni turli xonalarda amalga oshiring. Biz turli muhitlarda eslab qoladigan ma’lumot boshimizda aralashib ketmaydi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hamma narsani eslab qolishning 6 ta samarali usuli