17:56 / 05.10.2017
6 762

Hayotingiz murakkablashib borayotgandek tuyulsa...

Hayotingiz murakkablashib borayotgandek tuyulsa...
Ba’zan hayotimiz ham tobora murakkablashib borayotgandek tuyuladi. Shunday paytlarda bolalikni qo‘msab qolamiz. Biroq yaxshilab o‘ylab ko‘rsangiz, hayot o‘sha-o‘sha, o‘zgarmagan. Faqat siz uni o‘zingizga moslab o‘zgartirgansiz, xolos. Kichikligingizda ovqat tanlamagan, libos ajratmagan bo‘lsangiz, endi bularga alohida e’tibor qaratib, har birini tanlaysiz. Bu esa oddiy narsalarning katta muammolarga aylanishi uchun yetarli. Qarabsizki, boshqa muammolar ham chuqurlashib, ildiz otaveradi. Biroq hammasi o‘z qo‘lingizda!
  • Boshqalar fikrini o‘qishga harakat qilmang. Kimning nima deyishi, qanday yo‘l tutishi bilan qiziqib, o‘zingizga muammo orttirishingiz mumkin. Hamma bilan ochiq muloqot qiling-da, o‘zgalar hayotiga aralashmang.
  • Kundalik hayot uchun zarur narsalarnigina xarid qiling. Atrofdagilarda yaxshi taassurot uyg‘otish uchun o‘zingizni ko‘z-ko‘z qilishingiz shart emas. Muomalangiz siz uchun ko‘zgudir.
  • Boshqalardan o‘zaman deb, kimlargadir hasad qilishdan saqlaning. Unutmang, havas va hasad qilishingiz mumkin bo‘lgan yagona inson — O‘zingizsiz!
  • Hayotingizga yolg‘on aralashtirmang. Zotan, bir yolg‘ondan qutulish uchun albatta ikkinchisini topasiz. Keyingilari esa o‘z-o‘zidan ulanaveradi. Qarabsizki, muammolaringiz chuqurlashib boraveradi.
  • Niyat va istaklaringizni yashirmang. Ularning albatta amalga oshishiga ishoning. Ishonch bizni olg‘a intilishga undaydi. O‘z imkoniyatlariga ishongan inson uchun hamma eshiklar ochiq.
  • Atrofdagilar bilan muloqotda haqligingizni isbotlash uchun asabingizga erk bermang. Yaxshisi, mulohaza qiling. Siz uchun to‘g‘ri bo‘lgan tushunchalar ehtimol kimgadir boshqacha tuyular. O‘z fikringizni boshqalarga o‘tkazishga urinmang. Har kimning o‘z hayoti bor!

Manba: «Sug‘diyona» gazetasi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotingiz murakkablashib borayotgandek tuyulsa...