19:03 / 09.10.2017
10 464

Dunyodagi eng xunuk rang qaysi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng xunuk rang qaysi ekanligi ma’lum bo‘ldi
Avstraliyaning GfK kompaniyasining ilmiy xodimlari qaysi rang eng chiroyli va qaysi rang eng xunuk ekanligi yuzasidan tadqiqot o‘tkazdi, deb xabar beradi 7MedNews.

Mutaxassislar dunyodagi eng xunuk rang qaysi ekanligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Pantone 448 C rangi eng xunuk rangligi aniqlangan. Tushunarliroq tarzda aytilganda bu kulrang-to‘q jigarrangdir.

Ma’lum bo‘lishicha, bu rang kishilarda beixtiyor nafrat uyg‘otadi.

Tadqiqot ishi Avstraliya hukumati tomonidan buyurtma qilinganligi qayd etilgan. Bu shunchaki tadqiqot emas. Aslida mutaxasislar kelajakda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan foydali yangilikni kashf etdi.

Chekuvchilarda chekishga nafrat uyg‘otish maqsadida mazkur rangdan kelgusida sigaret qadog‘ida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, bu harakatni Yevroittifoqqa a’zo davlatlar ham joriy etishni maqsad qilgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyodagi eng xunuk rang qaysi ekanligi ma’lum bo‘ldi