20:23 / 13.10.2017
11 629

Ikki daqiqada hayotingizni o‘zgartiruvchi maslahatlar

Ikki daqiqada hayotingizni o‘zgartiruvchi maslahatlar
Sizni baxtli qilishga va’da beruvchi qator kitoblar va maqolalar mavjud. Biroq ularning barini o‘qib chiqish uchun talaygina vaqt kerak. Ushbu maqolaga ikki daqiqa vaqtingiz ketadi, biroq uning ta’siri yoqimli hayratga soladi, deyiladi NerdFitness nashrida.

Baxt

Men baxtsizman. Hayotingizga o‘zgartirish kiriting yoki o‘zingizni o‘zgartiring.

Nimani o‘zgartirish kerak? Farqi yo‘q. Biror bir narsani tanlang va shunga erishishga harakat qiling.

Boshim aylanmoqda. Chuqur nafas oling. Dastlab o‘zingiz nazorat qilishingiz mumkin bo‘lgan biror narsani o‘zgartirishga harakat qiling.

Pulim ko‘proq bo‘lganda baxtliroq bo‘larmidim? Ha, faqat ma’lum bir ma’noda.

Puldan muhimroq narsa bormi? O‘zimiz uchun aziz bo‘lgan odamlar bilan o‘tkazilgan vaqt. O‘zimiz uchun muhim bo‘lgan narsalarga sarflanadigan vaqt. Yodingizda bo‘lsin, boy berilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi.

Vaqt

Hech narsaga vaqt yetmayapti. Demak, ustuvor vazifalar noto‘g‘ri belgilangan.

Biroq ko‘p narsaga ulgurish kerak. Kamroq ishlang. "Yo‘q" deyishni o‘rganing.

Shunday qilishga majburman... Qandaydir taklifga "Ha" deb javob bergingiz kelmasa, dadil "Yo‘q" deng.

Agar "Yo‘q" desam, falonchi xafa bo‘lishi mumkin. Buyog‘i sizning ishingiz emas. O‘z xohishingizga qarshi borgandan ko‘ra, undan voz kechgan ma’qul.

Hozir vaqti emas. Agar qulay fursatni kutadigan bo‘lsangiz, hech narsaga erisha olmaysiz. Keyin esa avvalroq boshlamaganingiz uchun o‘zingizni koyib yurasiz.

Munosabat

Qanday qilib yaxshi taassurot qoldirish mumkin? Insonning ko‘zlariga qarab tabassum qiling. Shoshilmay so‘zlang. O‘zingizga ishoning. Did bilan kiyining.

Uni uchrashuvga taklif qilsam bo‘larmikan? Ha.

Agar rad etsa-chi? Hech narsa yo‘qotmaysiz. Shunday bo‘lsa-da, keyin "urinib ko‘rmadim" deb afsuslanmaysiz.

Nima deyishim kerak? "Salom, juda chiroylisiz. Mening ismim ..., sizni qahva bilan mehmon qilsam bo‘ladimi?"

Meni tashlab ketishdi, yuragim vayron bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, u urib turibdi, axir. Demak, hammasi oldinda.

Endi nima bo‘ladi?

Barchasi juda murakkab. Bilamiz! Agar barchasi oson bo‘lganda, hamma baxtli bo‘lardi.

Men unday qila olmayman... O‘zingizni chegaralashni bas qiling. Siz avval urinib ko‘ring, albatta uddasidan chiqasiz.

Bari befoyda. Mayli! U holda qanday yashayotgan bo‘lsangiz, shunday yashashda davom eting.

Biroq hozirgi hayotimdan mamnun emasman. Doim bir narsa takrorlanaversa, natija o‘zgarmaydi. Biz yo o‘samiz va o‘zgaramiz, yoki halok bo‘lamiz.

Qachon boshlash kerak? Hozirning o‘zidayoq.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ikki daqiqada hayotingizni o‘zgartiruvchi maslahatlar