Ushbu 10 maslahatni men 10 yil avval — endi-endi yetuklik yo‘liga qadam qo‘ygan chog‘imda eshitishim kerak edi, deb yozadi Prometheus ta’lim kurslari hammuassisi Ivan Primachenko.
«Agar 10 yil muqaddam bu maslahatlarni o‘zimga — birinchi bosqich talabasiga berish imkonim bo‘lganida, albatta ulardan foydalangan bo‘lar edim. Lekin vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi, shu sababli ularni hozir yozmoqdaman va ulardan birortasi hozirgi zamon talabalari va o‘quvchilariga men va tengdoshlarim tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘plab xatolarni takrorlamasliklariga yordam beradi, degan umiddaman», — deb yozadi Primachenko.
1. Katta-katta orzular qil. O‘z orzungga ishon. Buni xohla va orzu qilayotgan narsang uchun kurash. Hayotga, kattaroq narsaga erishish uchun chanqoqlik — muvaffaqiyat uchun intellekt, pul va hukmronlikning jamisidan ham muhimroq narsa.
2. Mustaqil fikrla. Ijtimoiy tarmoqlar — fikrlar supermarketi bo‘lib, bu yerda «fikr yetakchilari» yorug‘ jahondagi jamiki narsa haqida senga o‘zi baholangan mulohazasini o‘tkazmoqchi, eng sof haqiqat sifatida tiqishtirmoqchi bo‘ladi. Boshqalarning fikrini chegarma bilan olish qanchalik jozibali bo‘lmasin, o‘z miyang bilan o‘yla. Jamoatchilik fikri zolimlari va o‘z atrofingdagilarning fikri seni qul qilishiga yo‘l qo‘yib berma. U yoki bu g‘oyalar naqadar ochiq-oydin va muqaddas, yoki aksincha, tuturiqsiz ko‘rinmasin, xulosa chiqarishga shoshilma — barcha narsani tanqidiy tahlil qil. Erkinlik gumondan boshlanadi.
3. Ko‘proq strategiya, kamroq taktika. Joriy vazifalar va kechinmalarning to‘xtamas to‘lqinidan fikran chetlanib, nazar sol. Bir oy, bir yil, o‘n yilda nimalarga erishishing haqida o‘ylab ko‘r. Bunga qanday yetishish uchun reja qur. Agar qanday qilishni bilmasang — bunga qanday o‘rganish haqida reja yasa. Eng muhim shaxmat donasi emas, shaxmat o‘yinchisi bo‘l. Joriy holatni qayta tushunish, istaklarni qayta qurish va ularga yetishish uchun reja ishlab chiqish uchun zarur vaqtni har qanaqasiga himoya qil. Gap nima haqida ketayotganini yaxshiroq anglash uchun daholar strategiyasini o‘qishing mumkin: Bill Geyts, Endi Grouv va Stiv Jobsdan beshta yaxshi dars.
4. Uzoq davr mobaynida natijalari to‘planib qoladigan kichik ishlar ahamiyatini qadrla. Filmlar, kitoblar va ijtimoiy tarmoqlarda ishlar juda tez bajariladi, superqahramonlar esa bir necha kun ichida dunyoni qutqaradi. Real hayotda esa to‘g‘ri yo‘nalishda har kuni kichik-kichik qadam bosayotganlar muvaffaqiyat qozonadi. Bu dunyoni katta vaqt oralig‘iga ko‘paytirilgan doimiy harakatlar shakllantiradi.
5. Narsalarning joriy holatini hurmat qil, lekin ularga chaqiruv tashlashdan cho‘chima. Tashkilotda, biznesda yoki butun bir davlatda ishlar nechog‘lik yomon ketayotgan bo‘lmasin, bularning barchasiga ob’ektiv tarixiy sabablar topiladi. Agar sen «chunki atrofdagilarning hammasi ahmoq» dalilini ishlatayotgan bo‘lsang, demak sen asl sabablarni tushunmayapsan. Faqatgina ularni anglab nimanidir o‘zgartirishga qodir bo‘lasan.
6. Ilhomlantiruvchi va real ishlarni amalga oshirayotganlar bilan hamsuhbat bo‘l. Bizning ehtimollik gorizontimiz o‘z atrofimizdagilar bilan chegaralangan. «Ular seni boshi berk ko‘cha yoki jarlik labiga olib boradi», deydiganlarga quloq solma. Harakatlar yetakchisiga quloq tut, fikrlar yetakchisiga emas. Lekin shu yerdayam hech narsani mutlaq haqiqat sifatida qabul qilma — titanlar ham xatoga yo‘l qo‘yishadi.
7. Ingliz tilini bilish — bazaviy savodxonlik elementi. Biroq bu kam. Qanchasini eplolsang, shuncha fikrlash uslublarini o‘zlashtir. Dunyoga dasturlashtirish yordamida, algoritm bilan nazar sol. Hamda matematika yordamida mantiqiy yondash. Reallikka falsafa va psixologiya, iqtisodiyot va fizika prizmasidan qara. Dunyo murakkab va bu uni tushunishga yaqinlashish uchun yagona usul.
8. O‘zingni shoshilmasdan, diqqatni jamlab mehnat qilishga o‘rgat. Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va doimiy chalg‘ituvchi narsalar olamida uzoq va diqqatini jamlab ishlagan insongina yutadi. Tezkor va yuzaki mashg‘ulot (Feysbukda layk yig‘ish yoki bloglar o‘qish) ga qarama qarshi ish sifatida sekin ish (kitob o‘qish) ni tanlashni o‘rgan. Diqqatni jamlashni o‘rganish uchun meditatsiya qilishni o‘zlashtir.
9. Oqil insonlarning aksariyati aqlli bo‘lganlari uchungina tanqidiy fikr yuritishim mumkin, deb hisoblaydi. Ularning xatosini takrorlama. Tanqidiy fikr yuritish — tizimli ta’lim va amaliyot bilan shakllantirilgan ko‘nikma hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash mahoratining yo‘qligini XXI asr kechirmaydi. Nobel laureati Daniel Kanemanning afsonaviy «Tez va sekin fikrlash» kitobini o‘qish bilan o‘rganishni boshlash mumkin.
10. Kamroq iste’mol qil, ko‘proq yarat. Meni noto‘g‘ri tushunma: hammamiz ham iste’mol qilishni yaxshi ko‘ramiz. Barchamiz ham iste’moldagi, o‘rganilgan g‘oya va taassurotlardan yangilarini yaratamiz. Shu sababli iste’mol — yangi narsani yaratish uchun birinchi qadam. Lekin ikkinchi qadamsiz sayohat yoki mutolaa kabi eng mohirona iste’mol ham bo‘shliqni yopib turgan yoping‘ichdan boshqa narsa emas. Izlan, o‘ylab top, tajriba o‘tkaz, yasa, nimadir qil, faqat iste’mol qilish bilan mashg‘ul bo‘lmasdan yaratish bilan ham shug‘ullan!
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi