
Haddan ortiq semizlik inson salomatligi uchun foyda keltirmasligini yaxshi bilasiz. Shu sababli dietologlar hech qachon to’yib ovqatlanmaslikni maslahat beradilar. Keltirilgan parhez yordamida esa har kuni 1 kg dan vazn yoqotib borasiz. Ammo shuni ham hisobga olingki, insonlar organizmi turli hildir. Parhezni qo’llaganda kimdir kuniga 500 gr, yana kimdir 1,5 kg gacha ozishi mumkin. Parhezning umumiy davomiyligi 5 kun.
Ha aytganday, ushbu parhezni qo’llagandan keyin 6 oy davomida qaytadan parhez tutmang. Zero parhez qilish organizm uchun ma’lum darajada ziyon etkazadi. Yaxshisi, parhez kunlari tugagach, darrov to’yib ovqatlanmang. Shunda yo’qotilgan vazn o’z holiga qaytmaydi.
1-kun. 1 kg olma 5 mahal ovqat o’rniga iste’mol qilinadi + 6 ta aktivlashgan ugol tabletkasi + 2 l suv
2-kun. 1 litr kefir + 450 gr tvorog
3-kun. 300 gr mayiz + turshak damlamasi +2 oshqoshiq toza asal
4-kun. 500 gr tovuq go’shti
5-kun. 200 gr suli bo’tqasi + istalgancha meva va sabzavotlar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar