18:43 / 29.10.2017
8 329

Bir asrdan so‘ng odamlarning bo‘yi haddan ziyod uzun bo‘ladi…

Bir asrdan so‘ng odamlarning bo‘yi haddan ziyod uzun bo‘ladi…
Hozirgi kunda Amerikalik bir guruh olimlar bir asrdan keyingi insoniyat evolyutsiyasi masalasida izlanishlar olib bormoqda. Izlanishlarning dastlabki natijalari matbuotda e’lon qilindi. Bunga ko‘ra, oradan yuz yil o‘tib insoniyat o‘ta bo‘ydorga aylanadi. Agar hozir odamning o‘rtacha bo‘yi 174 sm atrofida belgilanayotgan bo‘lsa, bir asrdan so‘ng bu bo‘yga yana 30 santimetr qo‘shiladi. Faqat bir narsani eslab qoling.

Keyingi asrda 2 metrlik bo‘y o‘rtacha hisoblanadigan bo‘ladi. Bundan tashqari, tibbiyot texnologiyalari juda katta tezlikda taraqqiy etishi natijasida insonlardagi o‘lim soni keskin kamayib ketadi. Bu jarayon hozir ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, davom etmoqda. Lekin yigirma ikkinchi asrga borib o‘limlar kamayish tezligi keskin tarzda ortadi.

Qolaversa, keyingi asrda odamlar fazoga ham sayohatlar uyushtirishadi. Bu odam umurtqa pog‘onasining yanada to‘g‘rilanish pallasi yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Ana shu narsa ham odamning bo‘yi tez sur’atlarda o‘sishini ta’minlab beradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir asrdan so‘ng odamlarning bo‘yi haddan ziyod uzun bo‘ladi…