
Jahlingiz chiqqan paytda o’zingizni boshqara olasizmi? Ushbu maslahatlarga amal qilgan holda g’azab ustidan g’alaba qozonishingiz mumkin.
1.Agar bino ichida bo’lsangiz, ochiq havoga chiqib, chuqur nafas oling va o’zingiz uchun sevimli bo’lgan narsalar haqida hayol qiling.
2.Yuragingizdagi gaplarni sirdoshingiz bilan bo’lishish jahldan tushishga yordam beradi.
3.Diqqatni bir joyga jamlagan holda bir muddat tinch holatda o’tirish ham insonni jahlidan tushiradi.
4.Burun va lab burchagidagi nuqtaga barmoq bilan bosim berish orqali asablarni tinchlantirish mumkin. Jahlingiz chiqqan paytda barmoq uchlarini shoshilmasdan ohista uqalashga harakat qiling.
5.Yaqin atrofingizda suv bo’lsa, qo’lingizni bir muddat suvga solib o’tiring. Suv sizni g’uborlardan halos etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar