23:23 / 17.11.2017
8 980

Ajinlaringiz fe’l-atvoringiz qandayligini bildiradi

Ajinlaringiz fe’l-atvoringiz qandayligini bildiradi
Buni qarangki, ajinlar inson fe’l-atvori haqida ko‘p ma’lumotolarni aytib bera olarkan. Buning uchun esa bor-yo‘g‘i atrofdagi insonlar yuziga qarashning o‘zi kifoya bo‘lib, bir pasda yonginamizda turgan insonning psixologik portreti tayyor bo‘larkan.
  • Og‘iz va ko‘z burchaklariga ajin tushgan inson xushchaqchaq fe’l-atvori bilan boshqalardan ajralib turadi.
  • Og‘iz atrofidagi ajinlar esa o‘z sohibining hamma narsadan qo‘rqishi va atrofida tashqi olamdan himoya qiluvchi ishonchli insonga muhtojligini bildiradi.
  • Ko‘z atrofiga tushgan mayda ajinlar bu insonning hamma narsaga e’tibor bilan qarashi, o‘ta sinchkovligi va mayda-chuyda detallarni ham nazardan qochirmaydigan shaxsligidan dalolat beradi.
  • Qoshlarning tashqi burchagiga tushgan mayda gorizontal chiziqlar halollik va fidokorlik belgilaridir.
  • Ko‘zlar o‘rtasiga tushgan chuqur ajinlar haqiqiy intellegentlarning boshqalarga nisbatan ajralib turadigan jihatlaridir. Bundan tashqari, u uyatchan insonlarga ham xos. Peshonaning pastki qismi bilan birgalikda kelganda esa o‘zini go‘yo hal etib bo‘lmaydigan muammolar girdobida qolgandek his etadigan kishilarda uchraydi.
  • Peshonasiga yirik gorizontal ajinlar tushgan insonlar o‘zlarining xushmuomalaligi va tadbirkorligi bilan boshqalardan farqlanadi.
  • Peshonadagi mayda gorizontal ajinlar o‘z sohibining biroz g‘iybatni yaxshi ko‘rishi va boshlagan ishini oxiriga yetkaza olmaydiganlar toifasidan ekanligini bildiradi.
  • Burun va lab o‘rtasiga tushgan ajinlar — hayotda umidi puchga chiqqan yoki jismonan aziyat chekayotganlik alomati (agar u og‘iz pastiga qarab tushgan bo‘lsa), ko‘zdan boshlangan ajinlar o‘z sohibining o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetganidan dalolat beradi.
  • Qosh ustidagi burchaksimon ajinlar va ajin bosgan yuz haqida ochiqchasiga hamisha xavotirni his etuvchi inson deya ta’rif berishadi.
  • Ko‘z yaqinidagi va og‘iz burchagidan pastga qarab ketgan ajinlar asabiylik belgisi. Peshonadagi burchaksimon ajinlar bilan birga esa o‘z sohibining tajovuzkor ekanligini bildiradi. Ko‘zi ostida gorizontal ajinlari bor inson hayotdan hayratlanish qobiliyatiga ega.
  • Yuzdagi mushaklar zaifligi sabab og‘iz burchagida qatlamlar va ajinlar yo‘qligi o‘sha insonning hamma narsaga befarqligini ko‘rsatadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ajinlaringiz fe’l-atvoringiz qandayligini bildiradi