Yana yozyapman… Sevgimni, sevgim ortidan o‘ralashib yuradigan sog‘inchimni… Sog‘inchga ilakishib qolgan dard va alamlarimni… Bir yurakda inoq yashaydigan shodlik va qayg‘umni… Men ba’zida qo‘rqadigan umidimni… Iztiroblardan ichikkan qalbimni…
Har narsaning davosi vaqt deydilar. Bu yolg‘on. Rost bo‘lganda edi, yuragimdagi muhabbat bu qadar nish urib, tomir otmagan bo‘lardi. Ba’zan o‘sha yurakni o‘z qo‘llarim bilan timdalab tashlagim kelaveradi. Sog‘inch kuchidan ko‘zimga ko‘ringan odamlarni sizga o‘xshatyapman hatto. Hatto ulardan siz haqingizda so‘ragim kelyapti. Bo‘g‘zimda ko‘z yoshlarimni kutib turgan xo‘rsiniq ichikib qolgan qalbim dardlarini yozishga xizmat qilmasa deyman.
«Umid qilma», dedingiz. Ko‘nglim koshonasiga muhrlangan nigohingiz umid beraversa, men nima qilay? O‘sha umid o‘zi bilan birga tavallo qilib olib yuradigan azoblarni doim boshimdan sochsa, meni xursand bo‘lib qarshi oladi, deysizmi? Ixtiyor o‘zimda bo‘lganda edi, hatto shu so‘zingizni eshitmagan bo‘lardim… Hatto soatlab suratlaringizga tikilib turaveraman, siz haqda o‘ylayveraman. Siz esa jilmayib turaverasiz… «Ular senda qanday paydo bo‘ldi?» dedingiz. Qalbingizni qizg‘anganingiz yetar… Hech bo‘lmasa, suratlaringiz bilan ovunay…
Pinhona xayollar suray… Koshki edi yuragim siz tomonga talpinmasa… Meni bilganlar «O‘ylama, arzimaydi», deyishadi. Yuragim arzitibdi-ku axir… Har kuni tanish ko‘chalardan, tanish yo‘llardan o‘tar ekanman, ko‘zlarim sizning nigohingizga duchor bo‘lishni istaydi… Men baxtsiz emasman. Baxtliman! Faqat siz bo‘lsangiz judayam baxtli bo‘lardim. Sizni eslamaslikka ko‘p bor ont ichaman. Yuragim bir hapriqadi-yu, barchasini unutadi… Alamu hijronlarga qorishiq tunlar meni qo‘msayveradi.
Sizning ishqingiz boshqa bir go‘zalga tushgani bu meni sizni sevishdek vazifamdan, sizni sog‘inishdek burchimdan ozod qilolmaydi, menimcha. Bilaman, eng og‘riqli nuqta ishonch. Aslida, bu men doim qoqilib kelayotgan to‘siq! Men yeta olmaydigan eng baland, muzlagan cho‘qqidir, balki… Sizga yozganim (yozganlarim emas!) xatodir, balki… Shu bilan yuragimni bo‘shatishga chunonan tirishaman go‘yo. Bilaman, qayg‘u ortidan, albatta, shodlik keladi. Men faqat bunga amin bo‘lishni xohlayman.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar