— Universitetni bitirganimga bir necha yil bo‘ldi. O‘qish paytlariyoq bir kursdosh qiz bilan sevishardik. Qancha qarshiliklar bo‘lmasin, munosabatlarimiz uzilmadi. Qaytanga tobora mustahkamlanib boraverdi. Uni qattiq sevardim. O‘qishni bitirgach, ikkimiz ham o‘z sohamizda ishlay boshladik. U bilan deyarli har kuni ko‘rishardik. Oradan ikki-uch yil shu tariqa o‘tib ketdi. Uyimdagilarni unikiga sovchilikka yubordim.
Onasi «Qizimni uzoqqa uzatmayman», deb turib oldi. Sababi biz boshqa-boshqa viloyatlardan edik. Uyimdagilar ko‘p marta kelishdi. Biroq har gal shu javobni olaverdik. Bu orada sevganimning uyiga sovchilar kelaverishdi-kelaverishdi. Onasi qizini uzatishni xohlardi-yu, lekin u hech ko‘nmasdi. Uchrashuvga chiqishi kerak bo‘lgan yigitlarni doim menga ro‘baro qilardi. Men ham bundan xursand bo‘lib, uni hech kimga bergim kelmasdi.
Onamga har safar «Sovchilikka yana bir marta boring», desam bir norozi bo‘lardi-yu, biroq ko‘nglimga qarab yo‘q deyolmasdi. Yaqinda onam yana sovchilikka bordi. Javobni eshitib, o‘zimda yo‘q shod edim. Qiz tomon to‘yga rozi bo‘libdi. Faqat bir shart bilan. Onasidan uzoq bo‘lmagan joyda yashashimiz kerak ekan. Shu shartni bajarish uchun tinmay harakat qilayotgandim. Axir necha yillardan buyon qilgan orzum amalga oshay deb turibdi.
Nimadir bo‘ldi-yu, bo‘lajak qaynonam qizini «bermayman»ga tushib qoldi. Uyiga ko‘p marotaba bordim. Lekin u fikridan qaytay demasdi. Yaqin bir oydan beri qizi bilan gaplashtirmay ham qo‘ydi. Uning qo‘l telefonini olib qo‘yishibdi. Shuni aniq bilamanki, u ham, men ham bir-birimizsiz yashay olmaymiz. Hatto bu dunyo-dan toq o‘tishga-da tayyormiz.
Ammo onamning kelin ko‘rish orzusi sarobligicha qolib ketishini o‘ylasam, unga achinaman. Yoshim ham o‘tib boryapti. Sevgilimning onasi nima uchun bunday qilayotganini tushunmayapman. Axir qizining baxtini ko‘rishni istasa kerak. Shu savollar miyamda tinmay charx uryapti. Ayni damda kimningdir maslahatiga muhtojman. Qay yo‘lni tutsam, to‘g‘ri bo‘larkin?
ABDUQODIR, Jizzax viloyati
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi