06:30 / 29.12.2017
9 926

Haqiqiy hangomaning bundan battari bo‘lmaydi…

Haqiqiy hangomaning bundan battari bo‘lmaydi…
— Deraza oynasi bilan samolyot o‘rtasida qanday umumiylik bor?
— Ikkovi bilan ham soqol olib bo‘lmaydi.
***
General boshiga zontik tutib olgan postdagi askarga dedi:
— Men yomg‘irdan qo‘rqadigan askarni birinchi ko‘rishim.
— Men qo‘rqmayman. Zontigim bor.
***
— Rossiya armiyasida “Omad askari” degan yangi rota tashkil etilibdi!
— Ular nima ish qilarkan?
— Generalning tomorqasini ag‘daradi.
***
Qariya engashib olgan besh yashar bolakaydan so‘radi:
— O‘g‘lim, nega engashib olding?
— Men cholman.
— Iye, bu ahvolda qayerga ketasan?
— Pensiyaga.
***
Yoqilg‘i quyish shohobchasida to‘rt yashar bola otasidan so‘radi:
— Agar mashina ko‘p benzin yesa, bo‘yi o‘sib avtobus bo‘lib qoladimi?
***
— O‘g‘lim, tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qilay?
— Ot, to‘pponcha va to‘rt kun yuvinmaslikni.
***
— Menga qara, nega birdan uchta do‘ppib olding?
— Birini har kuni, ikkinchisini dam olish kunlari kiyaman.
— Uchinchisini-chi?
— Uchinchisimi?.. Qo‘shnilarim alamidan kuyib o‘lsin deyman-da!
***
Gadoy badavlat odamga dedi:
— O‘g‘lingiz bundan ham ko‘proq sadaqa berardi.
— Ha, o‘g‘lim berishi mumkin. Chunki uning otasi boy.
***
Sudya erkakdan so‘radi:
— Xotiningiz bilan nima sababdan ajrashmoqchisiz?
— Chunki bizning qiziqishlarimiz butkul turlicha. U erkaklar bilan, men esa, ayollar bilan qiziqaman.
***
Erkak 18-qavatdan tushib ketdi. Pastda bir bolakay va qizcha o‘tirishardi. Bola kulsa, qizcha yig‘lay boshladi. Shunda o‘tkinchi so‘radi:
— Bolakay, sen nega kulayapsan?
— Chunki anavi odam 18-qavatdan tushib ketdi. Ichaklari hamma yerga sochilib ketdi, xa-xa-xa!
— Qizcha, sen nega yig‘layapsan?
— Men o‘shani ko‘rolmay qoldim.
***
O‘g‘il oshxonada idish-tovoq yuvayotgan otasidan so‘radi:
— Dada, siz oyimning qo‘lida necha yildan beri xizmatdasiz?
***
— Bolajonim, nega ovqatingni yemayapsan? O‘zing bo‘ridek ochman deganding-ku!
— Oyi, bo‘rilar sabzi bilan oziqlanganini qachon ko‘rgansiz?

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haqiqiy hangomaning bundan battari bo‘lmaydi…