Katta daromad oluvchi insonlar aksariyat hollarda o’zi haqida hayol qilgandagina ijobiy hissiyotlarni tuyishi, kamroq pul topadigan odamlar esa yaqinlari bilan muloqot qilish imkoniyatidan zavqlanishlari ma’lum bo’ldi. Bu haqida Kaliforniya universiteti olimlari Amerika psixologik assotsiatsiyasida ma’lum qilishgan.
Xabarda aytilishicha, o’tkazilgan tadqiqot davomida 1519 nafar inson ishtirok etgan va olimlar ularning daromadlari hamda muhabbat, shodlik, rahmdillik, g’urur, entuziazm, zavq hislarini qachon tuyishlari haqida so’rashgan. Shuningdek ishtirokchilardan boshqa insonlar haqida qayg’urish hissi ularda qanchalar ijobiy hissiyotlarni uyg’ota olishi haqida ma’lumot olingan.
Aniqlanishicha, katta daromad oluvchi insonlar faqatgina o’zlaridan zavqlanadilar va atrofdagilar ularni hurmat qilganlarida ijobiy hissiyotlarni tuyishadi. Daromadi biroz kamroq insonlar uchun esa muhabbat va rahmdillik tuyg’ulari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
“Ushbu tadqiqot pul inson uchun baxt hissini ta’minlab bera olmasligi, ammo uning paydo bo’lishiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini isbotladi” deydi tadqiqot mualliflaridan biri Pol Piff.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!