13:03 / 20.01.2018
105 579

Psixologik test: "Siz qanday odamsiz?"

Психологик тест: "Сиз қандай одамсиз?"
Har bir inson o‘zi haqida bilishga qiziqadi. Bu test esa o‘zingizni yanada yaxshiroq bilishga ko‘maklashadi. Siz mazkur test orqali o‘zingizni sinab ko‘rsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi.

1. Dengizni xayolan tasavvur qiling. U qanaqa rangda?
a) To‘q ko‘k.
b) Havorang.
v) Yashil.
g) Kulrang.

2. Qarshingizda ulkan tog‘ yastanib turibdi. Siz uning qayerida turishni xohlardingiz?
a) Tog‘ cho‘qqisida.
b) Tog‘ qiyaligida.
v) Tog‘ etagida.

3. Quyidagi shakllardan qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi?
a) Doira.
b) To‘rtburchak.
v) Uchburchak.

4.Tanlagan buyumingiz nimadan yasalgan bo‘lishini xohlardingiz?
a) Yog‘ochdan.
b) Shishadan.
v) Qimmatbaho toshdan.
g) Metalldan.

5. Xayolan ot rasmini chizing. U qanaqa rangda bo‘lishi mumkin?
a) Jigarrang.
b) Qora.
v) Oq.

6. Bo‘ron boshlanyapti. Siz bu vaziyatda nima qilasiz?
a) Otga minib, uzoqroqqa qochib ketasiz.
b) Uyga kirib, yashirinib olasiz.

ENDI JAVOBLARNI TAHLIL QILAMIZ:
1. Bu savolning javobi sizning shaxsiyatingiz xususida umumiy ta’rif beradi.
a) Agar to‘q ko‘k rangni tanlagan bo‘lsangiz, demak, siz murakkab tabiatli insonsiz.
b) Agar havorang to‘g‘ri kelsa, boshqalar sizni oson tushunadi.
v) Yashil rangli dengizni tasavvur qilgan bo‘lsangiz, siz muloqotga kirishuvchansiz va hech narsadan tortinmaysiz.
g) Kulrang bo‘lsa, siz tortinchoqsiz.

2. Bu savol sizning hayotdagi xohish-istaklaringizni ko‘rsatadi.
a) Agar cho‘qqini tanlagan bo‘lsangiz, juda ko‘p narsaga erishishni da’vo qilasiz.
b) Tog‘ qiyaligi sizning fe’lingiz mo‘’tadil ekanligidan dalolat beradi.
v) Tog‘ etagi esa har qanday hayot tarziga ko‘nikishingizni anglatadi.

3. Tanlagan shaklingiz sizdagi konfermizm qay darajada ekanligini ochib beradi.
a) Doirani tanlagan bo‘lsangiz, demak, hammaga yoqishga intilasiz.
b) To‘rtburchak shakl – sizning mustaqil ekanligingizni bildiradi.
v) Uchburchakda to‘xtagan bo‘lsangiz – o‘jar va qaysarsiz.

4. Tanlagan buyumingiz, aniqrog‘i, uning qanday ashyodan tayyorlangani sizning yon-atrofingizdagilar bilan munosabatingizni bildiradi.
a) Yog‘och – siz tinchliksevar insonsiz. Doimo urush-janjallardan qochib yurasiz.
b) Shishani tanlagan bo‘lsangiz, qalbingiz juda ham nozik. Har doim ham o‘zingizga ishonch sezavermaysiz.
v) Agar qimmatbaho toshdan yasalgan narsani tanlagan bo‘lsangiz, sizni ishontirish va biror narsaga majbur qilish juda qiyin.
g) Metallda to‘xtagan bo‘lsangiz – siz kuchli shaxssiz. Doimo atrofdagilardan ustun bo‘lishga intilasiz.

5. Ot rangi sizning haqiqiy hayotga bo‘lgan munosabatingiz ramzidir.
a) Jigarrang – doim aniq hisob-kitoblarga amal qilib yashaysiz. Shuning uchun ham sizning hayotdagi o‘rningiz mustahkam.
b) Qora rangda to‘xtasangiz – sizni tushunish boshqalar uchun ancha qiyin. Qiyinchiliklarga o‘zingizni uraverish odatingiz bor.
v) Oq rang – siz dimog‘dor insonsiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishni xush ko‘rasiz.

6. Bu savolga javob hayotda ko‘proq kimga ishonishingizga aniqlik kiritadi.
a) agar otda ketib qolishni tanlasangiz, hayotdagi og‘ir vaziyatlarda eng avvalo, do‘stlaringizdan yordam kutasiz.
b) Uyni tanlasangiz, demak, siz oilani birinchi o‘rinda ko‘rasiz. Yordam va himoyani umr yo‘ldoshingizdan kutasiz.

Mana, siz test savol-javoblar orqali, oz bo‘lsa-da, o‘zingiz haqingizda bilib oldingiz. Bu – sizning fe’l-atvoringiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Elmurod ABDULLAYeV tayyorladi

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
samandar
samandar 23 февраля 2021 07:08
Ajoyib tes hammasi togri chiqdi
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixologik test: "Siz qanday odamsiz?"