
Ma’lum bo‘lishicha, yigirma daqiqa davomida uy yig‘ishtirish insonning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan. Shuningdek, tadqiqot mobaynida uy bilan bog‘liq bo‘lmagan jismoniy faollik insonning ham ruhiy, ham jismoniy salomatligiga naf keltirishi aniqlangan.
Masalan, ruhiy muammolarga sport bilan hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta shug‘ullangan kishilar umuman shug‘ullanmaganlarga nisbatan 33 foiz, uy ishlari bilan haftasiga bir marta bo‘lsa ham faol shug‘ullanganlar bunday yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lmaganlarga qaraganda 20 foiz kamroq duch kelishar ekan.
Olimlarning ta’kidlashicha, uy yumushlari bilan yuqori kayfiyatda, kamida yigirma daqiqa band bo‘lish lozim. Ushbu marom yurak va qon-tomir tizimini mustahkamlaydi. Zotan, bu biologik omillar tushkunlik (depressiya)ni keltirib chiqaradi.
«Irfon» taqvimidan olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar